Mamlakat ichidan

Sherzod Ruzmetov
Prezidentimizning muborak nutqini eshittingizmi?

Bu kabi nutq tayyorgarliksiz kelgan talabaga yarashadi. Ammo Davlat Prezidenti uchun bu kabi oldi-qochdi gap pastkashlik emasmi? Yildan yilga uning saviyasi pasayib ketayotganini sezayapsizmi?

Menimcha buning sababi xurmatli Prezidentimizning mayda-chuyda narsalarga (masalan, boks, tennis va futbolga o’xshagan) aralashib qolganlari tufayli bo’lishi kerak. Asosiy muammolar chetta qolib ketmayapti?

Masalan, “bizning yo’llarimiz Evropa yo’llaridan hech qancha ham qolishmaydi” – degan gapi. Birinchidan, bu kabi mavzuning o’zi Prezidentga yarashmaydi. U ancha dolzarb muammolar ustida bosh qotirishi kerak. Gapning tom ma’nosiga kelsak esa, yolg’ondan o’zga narsa emas. Men g’arbning yo’llari bilan bevosita tanishman. Menimcha prezidentimiz o’zlari yuradigan Toshkentning qoq o’rtasidan o’tadigan Do’rmondagi qarorgohlariga eltuvchi trassa haqida gapirayaptilar chog’i. Agar sal chekkaroqqa chiqqanlarida edi, xalq yuradigan xaqiqiy yo’llarni ko’rgan bo’lardilar.

Yoki, ularning nutqiga ko’ra – yoqilg’i resurslariga bog’liq bo’lgan barcha talabimiz 100% qondirilibdi. Bugunda, ayniqsa, tabiiy gazga bog’liq bo’lgan hech qanday muammolar mavjud emas emish. Gapingiz rost bo’lsa, nima uchun oxirgi 5 yildan beri mening Bobom qishin bilan gazsiz, yoqilg’isiz o’tiribdi? Nima uchun gaz trubalari o’tgan bo’lganiga qaramasdan qishloqlar o’tin yoqib uylarini qizdirishadi? Nimaga haligacha o’choq yoqishadi? Axir men o’z ko’zim bilan ko’rganimni gapirayapman-ku! Axir bu kabi oldi-qochdi gap kimga kerak! Bu bilan xurmatli prezidentimiz o’zlarini bizga kulgu qilayotganlari yo’qmi?!

Prezidentimiz xalqning qanchalik to’qchil yashayotganini aniqlash uchun oila boshiga to’g’ri kelaidgan mashinalar sonini sanash kerak – degan fikrda ekanlar. Aynan qancha mashina to’g’ri kelayotganligi haqida gapirmasalar-da, bu ko’rsatkich 1990 yildan beri 6 martaga oshganligini uyalmasdan e’tirof ettilar. Demak, xalqimizning ham axvoli 1990 yildan beri 6 martaga yaxshilandi degan xulosa chiqardilar!

Nutqini yana bir daqiqa eshitsam telba bo’lib qolishimdan qo’rqib, o’chirib qo’ydim.

Qanchalik razillik! 25 million fuqaroning oldiga chiqib shu kabi zalil nutqni o’qir ekan, bu tuban xalqqa yanada rahmim keladi.

Zolim xarob bo’lsin, baloga uchrasin,

Sochmish Xalqim uzra bu yanglig’ soyasin.

Naxot bu bedodlikka faqat men guvohman!?

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: