Нурилла Остон

ҚИЁМАТ ҚОЙИМ

Олимлар кўпдан буён ер юзида бундан олдин ҳам юксак цивилизациялар бўлиб ўтганлигини археолик ва тарихий тадқиқотлар орқали исботлашга ҳаракат қилиб келади. Лекин инсон зоти буни эслаёлмайди, чунки ер сатҳини зулмат қоплаганида ёки тўфон босганида унинг қавми барча тирик жонзотлар билан бирга қирилиб кетган ва тарих қайтадан бошланган. Яна қайтадан ибтидоий жамоа, қулдорлик, феодализм, капитализм ва ҳакозо босқичлар такрорланган. Тарих ривоятга, ривоят эса афсона айланган.

Одам қачон ўзлигини англаганлигини эслолмайди, ўзини танигач, тарихни милоддан аввал ва кейинги даврга бўлди, Яратганни идрок қилгунича санамларга сиғинди, бутун оламни боқариб тургувчи Оллоҳ ишқи қалбини ёритмагунча аросатда бўлди. Пайғамбарлар воситасида ваҳдатни англади, қиёмат қойимдан қўрқди. Шўро тузуми худосизликни тарғиб қилди, одам иймонига иблис оралади, шайтонга ошна бўлди. Шўро империяси барҳам топиб, ҳамма худони эслаб қолган бўлса ҳам ҳали ҳанузгача улар шайтон таъсиридан қутилмаяпти. Continue reading

Мулоҳаза

jm_bermuda_uchburchagi_2013-may-38Билвосита қурбонлар

Агар кулгидан умр узоқ бўлганда қизиқчилар энг кўп яшаган бўлардилар. Шундай дейману ёдимга раҳматли Ҳожибой Тожибоев келади. У гапираётганда деярли кулмасди, юзида қандайдир тажанглик аломатларига ўхшаш бир ҳолат бўларди.

Юз қалбнинг зоҳири. Соддалаштирадиган бўлсак, юз қалбнинг ботинида бўлган ҳолатни зоҳирга уради. Демак, Ҳожибой Тожибоевнинг қалбида доим қандайдир азоб, қандайдир дард бўлган. Шунинг учун ҳам у яйраб кула олмаган.

Бу дард нималигини топгандайман. Бу қалбдагини очиқ айтолмаслик дарди. У режим томонидан чизиб қўйилган “қизил чизиқни” кесиб ўтадиган гап айтиб қўймаслик учун бир томондан ўзини тийса, иккинчи томондан қалбини тирнаётган гапларни айтолмаётганидан қийналган. Continue reading

Шайка

В США обнаружена крупнейшая фирма по отмыванию денег

Прокурор Прит Бхарара

Фирма действовала во многих странах, в том числе и в России

Власти США раскрыли одну из крупнейших в мире электронных платежных систем, с помощью которой с 2006 года отмыто более 6 млрд долларов. Ее основатель – выходец из Киева Артур Будовский. Continue reading

ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (12)

Jahongir Muhammad

Jahongir Muhammad

O’N IKKINCHI BOB

2000 yil

Nilufar Dubaydagi zindonda besh nafar juvon bilan birga azob chekmoqda. Ammo uni Nodirxonning huzuriga olib kelishganda ko’rgan xo’rligi oldida bunisi hech narsa edi.
-Sen qanjiq nimanga bino qo’yding, nega bu qadar noz qilasan?,-dedi o’shanda Nodirxon uning yuziga tarsaki tortib.
U yuzidan chiqqan olovning taftida bir zum qovrildi-da, keyin xonadan qochib chiqmoqchi bo’ldi. Biroq Nodrixon bir sakrab uning sochidan tortib, aylantirib yubordi. U xonaning bir chetidagi divanga shunday urildiki, go’yo suyaklari mayda-mayda bo’lib ketgandek his qildi o’zini.
-Men qizlarni qiynashni yaxshi ko’raman,-dedi Nodirxon.-Ularni aldab-suldab o’tirmayman. Bu hezalaklarning ishi. Ikkiyuzlamachilik qila olmayman. Baribir aytganimga rozi qilaman. Sen ham baribir rozi bo’lasan. Faqat yana bir-ikki tarsakidan keyin. Nafrating qancha kuchli bo’lsa, ehtirosing ham shu qadar baland bo’ladi. Hatto o’zing yalina boshlaysan. Seni bugungacha aldashdi. Men esa, senga haqiqatni ko’rsatayapman. Haqiqat mana shu! Sen endi buzuqsan! Bilib qo’y, buzuqlar ba’zan sog’lardan yaxshi yashaydilar.
Bilaman hozir senga yashashning qizig’i yo’q. Ammo yashashga o’rganasan. Buzuq bo’lib yashashga o’rganasan…
O’sha kun Nodirxon Nilufarni juda qiynadi. Oxirida zo’rladi. Hammayog’ini ezib, tishlab, momotaloq qildi. Unga hech taskin bermadi.
Nilufar uchun hayotning qizig’i qolmadi, lekin negadir yashagisi, Nodirxon va boshqalardan o’ch olgisi keldi. Uning uchun ota-ona, buvisi yoki kelajak hayotning zarra qadar o’rni qolmagan edi. Bu kitobning sahifalari yopilgandi. Yangi kitob ochilgandi. Qasd olish. Continue reading

ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (11)

assaO’N BIRINCI BOB

1999 yil Fevral

Vazirlar mahkamasining majlisi 15 Fevral kuniga belgilangan edi. Amaliyot ham shu kunga tayyorlangandi. Ammo birdaniga Karimov majlisni 16 Fevral kuniga qoldirishi hammani shoshiltirib qo’ydi.

Rustam, Otabek va Qoraboy aka yonma-yon xonalarda yotardilar. Devorlari bir edi, ammo yonma-yona ekanliklarini bilmasdilar. Ularga hayotning qizig’i qolmagan va faqat intiqom hissi bilan yashardilar. Qoraboy aka yo’q bo’lgan oilasi haqqi qasos olish umida tongni kutayotgandi. Rustam ham uxlamayotgan va tezroq bu zulmatli tun bitishini istayotgandi. Otabek esa “Eshik ochilishi bilan birinchi bo’lib yugurib chiqaman va portlatgichlar solingan mashinani o’zim boshqarib borib hukumatning binosiga uraman” deb o’ylardi.

Ularning har biriga alohida vazifa belgilangan va alohida guruhlarga kiritilgan edilar. Ular bilan aloqa qilgan kishilar amaliyotning barcha nuqtalaridan xabardor qilar edilar.

Bu avvaliga biroz shubha uyg’otgan bo’lsa-da, lekin keyinchalik ular Karimov va uning hukumatini yo’qotish uchun juda jiddiy ish borayotgani va bunda o’zlari ham muhim vazifa olganlariga chin dildan ishonib qolgandilar. Continue reading