BIZ BIROVGA BOG’LIQ EMASMIZ!
DEMOKRATIK O’ZBEKISTON KONGRESSINING BAYONOTI
Vashington, 28-07-05
Keyingi kunlarda muxolifatning ma’lum bir guruhlari “Prezident Karimovning sobiq qudasi Abdurauf Maqsudiy oilasi tomonidan ta’minlanmoqda”, degan gaplar zo’r berib tarqatilmoqda va DO’K ni ham bunga bog’lashga urinilmoqda.
Shu munosabat bilan Demokratik O’zbekiston Kongressining ishchi hay’ati tashkilot o’laroq bugunga qadar Maqsudiylar oilasi bilan hech qanday aloqaga kirmagani va ayniqsa, moliyaviy jihatdan ularga va umuman biror bir tashkilot yoki shaxsga mutloq bog’liq emasligini bildiradi.
Kimlardir yoki qandaydir boshqa tashkilotlar shu yo’lga kirgan bo’lsalar, bu ularning masalasi va Demokratik O’zbekiston Kongressiga buning aloqasi yo’q – hatto bu faollar shaxs sifatida DO’K a’zosi bo’lgan taqdirda ham. Bunday aloqalar DO’K a’zolarining shaxsiy ishi va Demokratik O’zbekiston Kongressining siyosati emas.
Demokratik O’zbekiston Kongressi o’zining asosiy shioriga binoan, O’zbekistonda demokratiya tarafdori bo’lib, diktaturaga qarshi ekanligini bayon qilgan barcha kishilar bilan hamkorlikka tayyorligini yana bir bor ta’kidlaydi.
DO’K Matbuot xizmati .
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, Uzbek | Leave a comment »