Taklif

TURK TILLI DAVLATLAR QURULTOYI VA YAGONA O’RTA TIL YARATISH MASALASI..

“Turonzamin” uchun: Zokir Ali

Qardosh Ozarbayjonning Paytaxti Guzal Baku shahrida O’zbekiston Turk Tilli davlatlari ittifoqiga rasmiy ravishda a’zolikka qobul qilindi. Bu juda katta va Ijobiy qadam. Bu ijobiy qadam Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida tashabbus qilndi va amalga oshirildi. Acnha yillardan beri aytib kelganimizdek Turk Davlatlarisiz Dunyoda adolat doim bir kam bo’ladi va Bu davlatlar anashu kamchilikni to’ldiradi.

Bizni tarihimizda boshqa millatlarda hech bo’lmagan oltinga teng an’ana bor Bu ajdodlimiz Mohmud Qoshqariy “ Divonu Lu’gatit Turk” mana bugunga kelib ham dolzarb asarligcha qolmoqda. Mir Alisher Navoiy ning “ Muhokamatul Lugatayn “ asari men uchun tuganmas hazina. Tilimiz boy til , tarihiy til va ma’naiyatga boy til.


Bakuda o’tkazilgan Turk Tilli Davlatlar Qurultoyida Turk Dunyosi Oqsoqoli Hurmatli Nursulton Nazarboyev taklif kiritdilar. Kelingizlar endi Turk tilli emas, Turk Davlatari deb ataylik bundan keying ittifoq nomi TURK DAVLATLARI ITTIFOQI bo’lsin deb. Bu millatimizning asri va azaliy orzusi.

Kamina tilshunos emas, tarihchi ham emasman ammo Turk tillariga bo’lgan hurmatim va mehrim bois bugun TURK DAVLATLARI ITTIFOQIGA endilikda yagona til ,yagona adabiy tillga o’tilishini taklif qilmoqchiman.


Bizning tilimizga 70 yillik asrlikda ozodlik berilmadi, alifolarimiz o’zgartirilb bir birimizga begona qilindik. Agar bu tilimizga qaytadan ta’mir qilinsa bir alifo bir til shiori amalga oshirilsa minglar millionlab ko’ngillarga yo’l ochiladi. Navoiylar ,Qoshqariylar ruhi shod bo’ladi.

Ha, bugun o’rta tilni yaratishimiz Xitoy sarhadidna to Adriyatik dengizigacha quloch yoyishi mumkin.

 

%d bloggers like this: