DO’K Bayonotlari

Vaziyat yanada yomon tomonga bormoqda

DEMOKRATIK O’ZBEKISTON KONGRESSI (DO’K) BAYONOTI

Vashington-Toshkent, 25 Oktyabr, 2005 yil

DO’K O’zbekistonda keyingi paytda muxolifatga, inson huquqlari himoyachilariga bo’layotgan tazyiqlar yanada kuchayib ketganidan jiddiy tashvishlanmoqda. Chunki O’zbekiston hukumatining bunday keskin odimlari mamlakatdagi vaziyatni yaxshi tomonga emas, yanada qaltis va hatto izdan chiqib ketish sari olib bormoqda. Jurnalist Nosir Zokir, “Birlik” faolli Hamdam Sulaymonov,  inson huquqlari kurashchilari Saidjahon Zaynobiddinov, Dilmurod Muhiddinov, Musojon Bobojonov, Akbar Oripov, Nurmuhammad Azizov, Muhammadqodir Otaxonov, Yelena Urlayeva, jurnalist Mo’tabar Tojiboyeva, “ERK” faoli Bobomurod Mavlonov boshqa bir qator faollar Andijon voqelaridan keyin qamoqqa olingani buning misolidir. Continue reading

DO’K bayonotlari

O’zbek Muxolifatining Oydinlik kuni

Demokratik O’zbekiston Kongressi o’z missiyasining birinchi qismini bajardi. 15 yildir bir oraga kela olmayotgan muxolifat liderlarini bir joyga to’pladi.

Ular diktatura rejimiga qarshi va demokratiya tarafdori sifatida bir-birlariga qo’l berdilar. Bundan bir yarim oy oldin o’rtaga tashlangan “O’zini yenga olmagan, o’zgani yenga olmaydi!” shiori amalda o’z kuchini ko’rsata boshladi. Continue reading