Munosabat

Diktaturani himoya qilmang!

Men “MXX va MUXOLIFAT” haqidagi xabarlarni uqidim, ular bunaqa razil ishlarni qilishga qodir, shu yullar bilan rejimni saqlab qolishga urinadilar.

Shu fursatdan foydalanib, aytmoqchimanki, ushbu saytga kirib uqiyotgan yurtdoshlarimiz MXX va IIV kirdikorlari haqida uzlari kurgan, bilgan yoki eshitgan voqea-xabarlarni kuproq yozib turishsa yaxshi bulardi, zeroki diktatura basharasi ommaga kengroq oshkor bulsin.

Shu urinda yana bir gap, bugungi kunda MXX va IIV tizimlarida ishlayotgan iymonli, insofli, vijdonli xodimlar ham kup, qing’irliklarni, adolatsizliklarni kurib-bilib, ishsiz qolishdan qurqib, noilojlikdan bola-chaqasini boqish uchun ham jim yurganlar bordir.

Shunday kishilarga aytmoqchi edim: Andijondagi qirginbarotda nobud bulgan yuzlab begunoh insonlar, adolat istamoqchi bulgan va oxir-oqibat turmalarga tashlangan qiynoqlar tufayli azob chekayotgan minglab vatandoshlar, ularning ortidan chirqillab qolgan bolalari haqqi-hurmati uzingiz kurgan-bilgan xunrezliklar haqida BUGUN yozing! Ertaga diktatura qulagandan sung jar solishingiz befoyda, aytishadiki,”Yov qochsa-botir kupayar”

 Bugun siz diktaturani sizni qorningizni tuyg’azib, uzining peshona teri evaziga topgan pulidan sizga maosh berayotgan ezilgan mazlum uzbek xalqidan himoya qilmoqdasiz. Buni uzingiz ham yaxshi bilasiz, shunday emasmi?  Erkin.

 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: