Maktublardan satrlar

Quruq qoshiq og’iz yirtar

Assalomu alaykum!
Qarangki bundan 4 yil oldin xabarlashganimizda ismi-sharifimni ochiqlamaslikni istagan edim, shu kunda ham vaziyat o’sha-o’sha.

4 yilda Germaniyada qancha-qancha ishlar bup ketdi, hokimiyatiga kimlar kelib kimlar ketmadi…

Xullas bugun siyosat haqida gap ochmoqchi emasman, siyosatdan gapirishni umuman foydasi qolmadi, Internetdan uzluksiz kuzatib boraman (ming afsuski faqatgina kuzatishga mahkummiz), mensiz ham siyosatdan gapirayotganlar, xalqim deb, vatanim deb yonib yashayotganlar oz emas.

Ularning har biriga, gapirayotgan-yozayotgan narsalaridan qay darajada moddiy foyda istab qilishmasin, o’zimning chuqur hurmatimni bildiraman…

Bugun Bio-Gaz haqida qisqa gap ochmoqchi edim. Qariyb har kungi bumasada kun ora xabarlaringizda O’zbekistonda gaz yo’q, svet yo’q degan gaplar yangraydi.

Xo’p o’nta barmog’ini og’ziga tiqib, botqoqqa botgandan keyin vaziyatdan chiqish yo’lini faqatgina xalqni qiynash evazigagina amalga oshirayotgan hukumatdan qachongacha mehr-shavqat kutib yashiymiz?

Uning o’rniga har kim o’ziga yarasha harakatini qilib, vaziyatdan chiqish yo’lini, yashash darajasini sal yaxshilab olishni o’ylasa bo’ladi. Men Internetda Bio-Gaz haqida ma’lumot izlaganimda Hindistonda insonlar uyining tomiga katta bochkalar o’rnatib, unga axlat solib, Bio-Gazni yoqib o’zlariga sharoit yaratib olayotganligi haqida video Filmlarni tamosha qildim.

Xo’p bu balki juda xavfliydir, ammo o’sha xavfli bo’lgan energiyadan kelajakda nemislar juda keng ko’lamda qo’llashni rejalashtirishayapdi, demak unchalik xavfli (tezda portlab yoki yonib ketishi m-n bulgan) energiya emas ekan!

Xitoyda qishloqlarda (balki ayrim qishloqlardadir) xuddi shunday Bio-Gaz moslamasini o’rnatib olish u-n hukumat xalqqa 400 $ dan pul berayotgan ekan, buni men TVda ko’rdim.

Aholisining asosiy qismi qishloqlarda yashayotgan O’zbekistondek o’lkada xuddi shunday chora-tadbirlar haqida gapirish, tortishish, k-k bulsa olimlarni jalb qilib qurultoylar tashkil qilishning vaqti kelmadimikin?

Quruq qoshiq og’iz yirtar deyishadi, siyosatdan gapirish hozir xalqimiz u-n quruq qoshiqdek gap, hozir xalqni qanday bo’lmasin nochor ahvoldan qutqarish yo’llarini izlamoq kerak. Bu mavzuda tez-tez bo’lamsada, gohida gapirilib turilsa xalqqa shuni o’zi yetarli.

Xalqimiz mehnatkash, moslamani qanday qurush mumkinligi haqida ozgina tushuncha olishsa buldi, buyog’ini o’zlari eplashadi. Germaniyada shuni o’zidan hattoki tok ishlab chiqarish ham allaqachon yo’lga qo’yildi (shaxsiy foydalanish yo’lida ham).

Mening bu xatimga ozgina bo’lsada qiziqish ko’rsatib, bu mavzu haqida xalqqa k-kli ma’lumotlarni etkazib bersalaringiz sizlardan nihoyatda xursand bo’lgan bo’lardim, chunki xalqning kelajagini o’ylash bu har birimizning burchimiz, sizlarga hurmat va ehtirom bilan,

Germaniyadan O’zbek

uzbekyigiti@yahoo.de


Leave a comment