RIZO OBID: ZINDON

qamoq1.jpg5.LOMKA
Mahkumlarni tepki bilan qarshi oluvchi O’zbekiston JIEM(jazoni ijro etuvchi muassasa)”zona”lar haqida bafurja to’htalib o’tilmasa ulardagi holatni to’la tasavvur etish qiyin.Chunki bu zonalardagi gayriinsoniy munosabatlar haqida hali biror bir OAV yohud adabiyotda eshitganim yo o’qiganim yo’q. Menimcha Karimov barpo etgan bunday zonalar haqida hikoya qilish qalamkashlardan bardosh talab etsa kerak.Chunki O’zbekiston qamoqhonalari haqida yozish uchun qalam-qogoz goho ojizlik qilib qoladi,Shundan bilib olishingiz mumkinki bu zonalarda hali hech bir inson boshiga tushmagan ko’rgulik,ho’liklar tushadiki “Kafka” asaridagi holat holvadir.

 Sovet zamonida ITK(ispravitelno-trudovaya koloniya-ahloq tuzatish mehnat koloniyasi)O’zbekiston mustaqillikka erishgach Karimov tashabbusi bilan JIEM(jazoni ijro etish muassasasi)deb qayta nomlandi.E’tibor beringga ,nomlanishning o’ziyoq ochiqchasiga jazo haqida aytib turibdi.Vaholanki sud hukmi bilan faqat ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqariladi holos.Shu hukm chiqarilishining o’zi jazo.Endi zonani jazolovchi mahkama emas,balki ozodlikdan mahrum etilganlarni sud hukmi bilan belgilangan muddatni o’tovchilar muassasasi,deb yuritilish kerak edi.Demak.Karimov hukumati ozodlikdan mahrum etilganlarni jazolashni bosh maqsad qilib olgan.

 Chizgilarimning bu galgisiga “LOMKA”(SINDIRISH),deb nom qo’ydim.Uni men to’qiganim yo’q balki zonaga yangi kelgan barcha mahkumlar ruhan va jismonan sindirilishlari shart bo’lgan jarayondan o’tadilar.

 Tepib kutib olindingiz.So’ng zona ma’murlariga ko’rinishingiz yo’qinqiramayroq ko’rinsa birinchi sizdan boshlashadi.O’lasa qilib kaltaklash.O’lib qolganlarni zona bosh do’htiri yarim varaq qogozga akt tuzib ,chiqitga chiqarib yuboradi.O’lganning ortidan ”qogozni isrof qildi yaramas”,deb quyadi do’htir.Buncha odamlarga nisbatan yovuzlik zona mulozimlarida qayoqdan paydo bo’lganidan yoqangizni ushlab hayratlanib turganingizda navbat sizga keladi.Hullas har-bir yangi kelgan mahkum o’zidan avval shu zonaga kelganlar boshidan ne ko’rgiliklarni o’tkazgan bo’lsa shularni ko’rib o’tadi.

 Lomka boshlandi.Hamma kaltaklanib bo’lgach lomkaning keyingi boshqichi boshlanadi:yani tikonli simlar oraligidagi ”o’tish taqiqlanadi” degan hududga mahkumlar olib kirilib qo’y podasi singari cho’kkalagan holda butun zona hududini aylanib chiqish shart.Shunchaki aylanib chiqmaysiz.Ortingizda zona nazoratchilari va mahkumlardan ularga zonadagi mulozimlarga hizmat qilishga yollangan bilagiga SPP(sovet profilaktiki pravonarusheniy–qoidabuzarlikni oldini olish soveti)bogichi boglagan fashist kabi politsaylar zona mulozimlaridan-da vahshiyroq qiynoq2lar bilan chokkalangan ortidan erdagi mayda-chuyda ,qo’lga ilngudek narsalarni terib borishingizni kuzatib borishadi.Kimdir oldinda ketib ,kimdir ortda qoladi ;oldinlab ketgan ham ,ortda qolgan ham SPPchilar va nazoratchilar tepkisini eb zonani aylanib chiqdi.Bu ”mashgulotga dosh berolmay o’lib qoladiganlar bo’ladi. Eslagan sayin bardoshim etmay qolyapti….Kelin keyingi gal chizgilarimni davom ettiray…

 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: