ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (8)

assaSAKKIZINCHI BOB

1998 yil

Olimjon Nilufar bilan bo’lgan voqealarni videoga yozib olgan bo’lsada, boshlig’iga “Hali tayyor emas” deb aytganidan o’zi qo’rqib ketdi. Chunki video ishlab turganidan Xaticha xolaning xabari bor va undan bilib qolsalar shuncha qilgan duo-salomlari puchga ketishi mumkin. Shu bois darhol yo’lga chiqishga qaror qildi. Agar bilishgan taqdirda ham telefonga ishonmadim deydi.
-Men tezlikda markazga borib-kelishim kerak!-dedi u Nilufarga.
-Yo’q,- deya Nilufar uning bo’yniga osildi.
Olimjon Nilufarni qaytadan to’shakka yiqitdi va so’ng bir zum tashqariga chiqqan bo’lib vedeoyozuv tugmasini bosib qaytdi. Bu safargisi har ehtimolga qarshi deb o’yladi u.
-Alisher ishni kattalashtirib yuboribdi, meni qidirish kuchaytirilibdi, markazda bir tanishim bor va unga ikkalamizga pasport tayyorlab berishni iltimos qildim,-dedi Olimjon.-Tezda bu yerlardan ketmasak bo’lmaydi.
-Ko’nglim xira, ketmang, mana shu yerda yashayveramiz, bizni topa olmaydilar, siz markazga borib kelaman deyapsiz, ushlab olsalar nima qilaman?-dedi Nilufar g’amgin ohangda. Continue reading

ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (7)

Jahongir Muhammad

Jahongir Muhammad

YETTINCHI BOB

20 ASRNING OXIRI

Qoraboy aka bilan hech kimning ishi bo’lmay qo’ydi. U har kuni uch marta ovqat olib keladigan yigitdan boshqa hech kimni ko’rmaydi. Nonushtaga bir burda qora non bilan bir qog’oz qutida sovugan choy olib keladi. Tushlikka esa eskirib, mitalab ketgan guruch solingan butqa. Kechqurunga sho’r karamdan qilingan borshch. Uni ichsa kechasi bilan tashnasini bosolmay chiqadi. Chunki suv ham uning istagiga qarab emas, ularning istagiga qarab beriladi.
Ovqat va suv kamligi bir tomondan yaxshi deb o’yladi Qoraboy aka, aks holda xona bundan ham battar sasib ketardi. Ilgarilari bu yerga tergovchilar kelib turishgani uchun xona chetidagi axlat va najas qutisini har kuni olib chiqishga buyurishardi. Shu bahonada u ham kameradan chiqqan bo’lardi. Endi esa bu uch kunda yoki to’rt kunda bir marta. Continue reading

ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (6)

assaOLTINCHI BOB

21 ASRNING BOSHI

Durdona Josuslik Xizmati boshlig’i bilan uchrashuvga tayyorlanar ekan, qanday qilib soqchilarini tashlab ketish haqida o’ylayotgan edi. Ularga har qancha ishonsa ham, Josuslik xizmati boshlig’i bilan uchrashgani dadasining qulog’iga borib yetishini istamasdi. U tashqi kiyimlarini ichkisiga almashtirib, xonadan chiqdi va:
-Sanlar borib dam olaveringlar, boshim og’rib turibdi, ertaroq yotaman, balki saharlab bir joyga boramiz, yo’limiz uzoq bo’lishi mumkin, yaxshilab dam olinglar,-dediu soqchilariga va:
-Ha, darvoza ochiq tursin! Sonya kelmoqchi edi. Kelsa mehmonxonadan joy qilib bering,-deya xizmatchi ayolga yuzlandi. Keyin unga bolalar ham darslarini qilib bo’lishlari bilan ularni yotqizishni buyurdi.
-Ammo darvozani ochiq qoldira olmaymiz,-dedi soqchilardan biri.
-Sen yana mahmadanalik qilayapsan, aytganni qil, bo’lmasa ertaga Toshkentga jo’natman! Sanga borib dam olgin, ertaga uzoq yo’lga chiqamiz dedim. Nima qilishni manga o’rgatmalaring!-deya baqirdi u. Continue reading

ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (5)

Jahongir Muhammad

Jahongir Muhammad

BESHINCHI BOB

20 ASRNING OXIRI

Nilufar o’ziga kelganda qayerda ekanligini bilolmay qoldi. Atrof zimiston, qo’lansa hid dimog’iga urilmoqda. Negadir ko’ngli aynib, ichidan bir narsa tomog’iga tiqilib kelmoqda. Nima gap? Tush ko’ryaptimi? U hech narsani tushuna olmadi. Butun vujudi xuddi qum solingan qoplarning ostida qolgan kabi qimirlamas holda edi. Ko’zlari achishgani bois ishqamoqchi bo’ldi, shundagina qo’llari orqasiga bog’lab qo’yilganini his qildi. Yuragi shuvillab ketdi. Birdan chaqmoqdek yalt etgan narsa uning xayollariga Rustamning siymosini mixladi.
Nilufar keyingi kunlarda qiyin vaziyatga tushib qolgandi. Ota-onasi ham Maxfirat xolaning gapiga qo’shilib, unga bosim o’tkaza boshladilar.
-Qiz bola vaqti yetganda erga tegishi kerak, keyin kech bo’ladi,-derdi onasi.
Otasi ham faqat to’yga tayyorgarlik haqida gapira boshlagandi. U esa Rustam haqida o’ylardi. Rustam nimasi bilandir uning yuragiga kirib borgandi. Ammo Rustamni hali to’la bilmayotgani, uning fe’lidagi og’irlik, kichik narsalarga ham jiddiy e’tibor bilan qarashi, xushchaqchaq emasligi va boshqa narsalar ham unga tinchlik bermasdi. Ammo qandaydir ta’sir kuchi bor edi. Continue reading

ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (4)

assaTO’RTINCHI BOB

20 ASRNING OXIRI

Hamidxon Qoraboy akani ko’ndirganidan mamnun edi. Endi Otabekni ham sindirsam “ish bitdi” deb o’ylayotgan edi. Zotan ertaga ertalabki reysda Toshkentga uchishi kerak, uni Bosh prokuror Bo’ritosh Mustafoyevning o’zi chaqirgan. Qaynotasining aytishi bo’yicha Prezident bilan ham uchrashib qolishi mumkin. Shu bois ko’nglida qilayotgan ishidan iftixor tuyayotgan edi.
Hamidxon juda kambag’al oilada tug’ildi. Ular uch aka-uka edilar. U o’rtancha o’g’il edi. Akasi va ukasi novcha, kuchli, ammo u semiz va zaif edi. Otasi xuddi xo’roz urishtirgan kabi ularni doim kurashga tushirardi. U akasidan ham, ukasidan juda oson yengilar edi. Ular uni gursillatib yiqitib, ustiga minib olishar va “bir qop qum, gum-gum-gum!” deb mazax qilishar edi. U har qancha kurash tushishdan qochsa ham, otasi baribir uni chaqirar va yiqilganda uning ustidan kulardi. Keyin;
-San hech odam bo’lmaysan, akangga qara, yoki ukangdan o’rgansang o’lasanmi?-derdi. Continue reading

ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (3)

Jahongir Muhammad

Jahongir Muhammad

UCHINCHI BOB

20 ASRNING OXIRI

Bugun yakshanba bo’lgani uchun Zokir bozorga chiqib ketdi. Ular navbat qilib qo’ygan edilar. Bir hafta Rustam u-bu narsa xarid qilishga chiqsa, keyingi hafta Zokir. Ilgari birgalikda qilardilar bu ishni. Akmalxon ularni shanba va yakshanbada tunda navbatchilik qilishga ham rejalab qo’ydi. Ammo birgalikda borishmas edi. Bir kun Rustam borsa, ikkinchi kun Zokir. Shu bois ana shunga moslab bozorni ham navbat qilib qo’yishdi.
Rustam tongga yaqin kelgan bo’lsa-da, Zokirning chiqib ketganidan keyin uyg’ondi. U yoq, bu yoqa tovlanib yotdi, ammo uyqusi kelmadi. Shu bois Sobitxon qorining kasetaga yozilgan suhbatini tinglab yotdi. Xotin-qizlar bilan uchrashuvda bir ayol atir qo’llanish haqida savol bergan ekan. Bu Rustamga ham qiziq tuyuldi Chunki, ilgari olgan darslarida ayollar faqat uydagina atir sepishlari mumkin deyilgandi. Bu haqda Nilufarga aytganida:
-Ko’ramiz, keyingi hafta atir sepmasdan kelaman, qani chidaysizmi?-deya kulgandi. Shu bois Sobitxon qorining fikrini ham bilmoqchi bo’lib, diqqat bilan tingladi: Continue reading

ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (2)

assaIKKINCHI BOB

20 ASRNING OXIRI

Qoraboy aka ichida bo’lgan mashina MXX viloyat boshqarmasining temir darvozasi yoniga kelganda xuddi uni kutib turgan kabi darvoza darhol lang ochildi va mashina g’izzillagancha ichkariga kirib ketdi. Qoraboy akani zax bir xonaga olib kirishdi. Qo’liga solingan kishanni yechmasdan tashlab ketishdi. U nima yuz berganini oz bo’lsada tushungan edi.
Muxolifatning orasida yurgan ayg’oqchilarni aniqlagan va boshqalarni ehtiyot bo’lishga da’vat qilgandayoq boshiga shunday kun kelishini taxmin qilgandi. Ammo unutishdi. Har holda o’sha kezda yuz bergan yurak xuruji uni asrab qoldi. Mana endi kechagi voqeadan keyin yana ularning ko’ziga tikandek sanchildim, shekilli?! Bir-ikki po’pisa qilib, qo’yib yuborishsa kerak? G’alvirga ilinadigan biror narsa topolmasliklari aniq. Continue reading