Jahongir Muhammad. Tarixiy roman. Qotil


BIRINCHI BOB


Rustam Abdusoli qorining javoblaridan qoniqmadi va savolini qayta yozib,
o‘tirganlar orqali unga yo‘lladi. Qori odati bo‘yicha darsdan keyin sahobalardan
birining hayoti haqida hikoya qilar va vaqt qolsa, savollarga javob berardi. U
Rustamning savolini o‘qidi:
“Agar Olloh hamma narsani ko‘rib turgan bo‘lsa, bechoralarning qonini ichayotgan
militsiyani nega jazolamaydi?”


Ham lotinda, ham kirilda