Xotira

Yo’lyaxshiyev yaxshi inson edilar!
Aliboy Yo’lyaxshiyev olamdan o’tibdilar. Joylari jannatda bo’lsin va Tangrim u kishining o’z xalqining ozodligi uchun kurashib, zulm tufayli muhojirlikda olamdan o’tganini hisobga olib, ajru mukofotini to’kin bersin, deb duo qilaman.
Aliboy aka bilan Samarqandda tanishganmiz. U kishi taniqli olimlik barobarida muxolifatchi ham edilar. “Birlik”ning viloyatdagi rahbari.
Oradan yillar o’tib, Istanbulda ko’rishib qoldik. Qo’llarida jomadon, “Falonchining kitobini olib ketayapman” dedilar.
Oradan yana yillar o’tdi va quvg’inlar dastidan u kishi siyosiy boshpana oldilar. Shundan keyin internet orqali yozishib, ba’zida gaplashib turdik. Ko’p nuqtalarda qarashlarimiz keskin farq qilmasdi. Menga Jahongirbek deb muomala qilardilar. Xatlarida ham shunday yozardilar. Bir kun kutilmaganda qo’ng’iroq qildilar. Ancha gaplashdik. Oxirida:
-Jahongirbek, siz bilan gaplashib turishni istayman. Lekin yaqin jigarim sizni xushlamaydi, gaplashmang deydi, tez-tez ogohlantirib turadi, ehtiyot bo’ling, quda tomonga ishlaydi, deb aytadi,-dedilar.
-Siz bunday emasligini tushuntirmadingizmi?-desam,
-Qo’yavering, bu ham uning fikri,- deb qo’ydilar.

Continue reading

Muallim Murod

BIZ YAXSHIMIZMI? 

Assalomu alaykum!

„Biz yaxshi bo’lsak ham, nega natija yo’q?“

  1. Odamning yaxshiligini o’zi emas, boshqalar aytgani durust. Biz “yaxshimiz” deb mudom o’zimizga o’zimiz 5 (besh) qo’yamiz, kamchiligimizni aytgan odam bilan yoqalashishga doimo tayyormiz.
  2. Ongimiz shunday shakllandiki, bizga haqiqat emas, ko’rinish muhim. Aynan birovlarning ko’zi uchun, yaxshi bahosi uchun o’lib-tirilamiz. Odam yaxshilik deb shunga o’rgansa, asl yaxshilik nimaligidan bexabar qolishi tabiiy. Bizda hamma narsa aslicha emas, nomda ko’rgazma qilinadi. Nom esa hech qanday amaliy ahamiyatga ega emas.
  3. Yolg’on, soxtalikning hukmron mafkura tarafdorlari tomonidan muntazam tashkil qilinishi, davlat va jamiyat hayotida majburan haqiqat o’rnida qaror toptirilishi sog’lom fikrni, adolatga bo’lgan ishonchni izdan chiqaradi; “to’g’ri bo’lsang, kun ko’rmaysan” degan buzuq dunyoqarashning keng quloch yoyishiga zamin hozirlaydi.
  4. Yaxshi, to’g’ri, qalbi musulmon insonlar uchun yo’llar asosan yopilgan, natijada ular nafaqat o’zlari istamagan holatda loyqa oqim aro sargardon, balki yaxshilar e’tirof etiladigan minbarlardan ularga hech qachon joy berilmaydi, ularning nomi bu ro’yxatdan o’rin olmaydi.
  5. Maktablarimizda bolalarning qalb tarbiyasiga emas, ularda hukmron mafkuraga sadoqat hisi paydo qilishga zo’r berib harakat qilinadi. Hayot boshqa, so’z boshqa bo’lgach, bunday tarbiya topayotgan bolalarning ma’nan adashishi va bir kuni yo’lini (to’g’ri yo’lni) yo’qotishi tabiiy emasmi!? Afsuski, hozirda mafkuraviy ta’lim olayotgan yoshlarimizning ko’pini to’g’ri fikrlashga yo’naltirish oson emas.

Continue reading