Faxriddin Farhod: Kim bizga tayyor demokratiyani sovg‘a qiladi?

Bir narsani tushunish kerak. Demokratiya insonlarga erkinlik berar ekan, albatta, jamiyat turli fikrlarga to‘lib ketadi.
Hamma xohlagan dinga e‘tiqod qilishidan, o‘z fikrlarini ochiq bayon qilishgacha bo‘lgan jarayonlar bo‘ladi. Bunda, albatta, hammani bir xil yashatib bo‘lmaydi.
Turfa yo‘llar, qarashlar paydo bo‘ladi. Ammo hokimiyat xalq qo‘lida bo‘ladi. Xalqning xohish-irodasi birlamchi bo‘ladi. Iqtidor egalari o‘rtaga chiqadi.
Nohaq tuxmatlar, kimgadir yoqmaganlik uchun o‘lim jazosi, millionlab insonlarning mardikorlikda xor bo‘lishi, yaqinlaridan ayrilib qolishi, millat xazinalarining talanishi, insoniylikni unutib yashash, erkin mehnat qilish huquqidan mahrum bo‘lish, o‘z kuchiga emas ishongan ammasiga tayaninib ish qilishlar, mehnatga yarasha haq to‘lamaslik va minglab muammolar yechimi topadi bu jamiyatda.
Axir inson ham shu sinovlar ichida yashash uchun kelgan-ku hayotga.
Demokratiya shunday tuzum. Biz bugun qaysidir qadriyatni yo‘qotishdan qo‘rqib bu ishga qo‘l urmasak, ertaga yana rus yoki xitoylik og‘alar choponini kiyib yashashga to‘g‘ri keladi. Yonimizda axir shuncha namunalar bor. Koreya deb og‘iz ko‘pirtiramiz.
Bular ham shu tuzum sharofatidan shu darajaga yetmadimi axir. Yaponiya parlamenti hal qilmayaptimi hamma ishni. Xalq ishtirokisizmi bularda hamma ish.
Yo‘q albatta. Buni bilamiz. Ammo ular qo‘rqmadi. Mana natijasini ko‘ryapti. Biznikilar ham qo‘rqmagandi. Ularni 37-tilda o‘z qo‘limiz bilan qatag‘onga topshirdik. Shu odamlar joni bekorga ketaveradimi? Yana jon ketsayam endi qaytmaslik kerak. Axir avlodlarga nima qoldirib ketamiz?!
Erkin matbuotda bir marta xato gapirarmiz, ikki marta xato gapirarmiz.
Ammo shu xato ekanligini bilib keyin takrorlamaymiz. Shu tarzda yuklasamizda. Kim bizga tayyor demokratiyani sovg‘a qiladi. Hamma davlatga ham oson bo‘lmagan.