Gulnora Karimovaning holiga tushmasinlar!

Dilsora Fozilova

President oilasi, jumladan uning turmush o’rtog’i, farzandlari va yaqinlari yuqori lavozimlarda ishlamasligi kerak degan fikrdan yiroqman. Aksincha, president bo’lishga, xalq otasi bo’lishga loyiq insonning farzandlari ham xalqning oldi farzandlari ekanligiga shubham yo’q. Ammo tajribalarimiz bizni ogohlikka o’rgatdi. Ular lavozimlariga xuddi boshqa O’zbek yigit-qizlaridek o’z kuchlari va bilimlari bilan etishsinlar. Farzandlaringiz siz president bo’lganda shunday mehnat qilsinlarki, shunday hurmat qozonsinlarki, siz president bo’lmaganda ham ular o’z faoliyatlarini bir xil davom ettirsinlar va xalq hurmatiga sazovor qolsinlar. Gulnora Karimovaning holiga tushmasinlar!

facebook