Tergov tezroq tugatiladimi?
Zokir Aliyev fikricha, ehtimol unga nisbatan ochiqda yurib tergov berish chorasi qo’llanilishi ham bu ishning kuchli munozaralar qo’zg’agani, jamoatchilikning hokimiyatga nisbatan bosimi kuchaygani bilan bog’liq.
16-iyun kuni Qashqadaryo viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tomonidan hibsga olingan Zokir Aliyev bugun qo’yib yuborilgan. Lekin tergov ishi davom etadi. 46 yoshli Aliyev 2000-yildan beri AQShda yashaydi va shu davlat fuqarosi. Ona yurtiga u 25 yil o’tib, O’zbekiston vizasi bilan, yaqinlarini ko’rishga borgan.
Ayni paytda Chiroqchi tumanidagi ota-onasining uyida bo’lgan Zokir Aliyev “Amerika Ovozi” bilan suhbatda, “hibsda mening iqrorlik ko’rsatmasi berganim haqida tarqalgan ma’lumotlar asossiz”, – deb aytdi.
“Afg’onistonda bo’lmaganman, “O’zbekiston islomiy harakati”ga qasamyod keltirmaganman”, – deydi Aliyev.
AQShdan O’zbekistonga borishi bilan olib ketilgan Aliyev 22-iyun kuni ochiqda yurib tergov qilinish sharti bilan Qarshidagi “Shayxali” qamoqxonasidan ozod qilingan. Tergov davomida u mamlakatni tark etmasligi kerak. Continue reading
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, Zokir | Leave a comment »