Prezident Sh. Mirziyoev va Prezident D.Trump uchrashuvi oldidan
Amerikada yuz minglab vatandosharimiz yashamoqda. Ular ham ona yurtning rivojiga o’z hissalarini qo’shish niyatidalar.
2016 yilning Oktyabr oyida Facebookdagi sahifamiz orqali Amerikadagi hamyurtlarimizga bugungi Muvaqqat Prezident va Bosh Vazir Vazifasini u’tayotgan Shavkat Mirziyoevni Amerikaga taklif qilish tashabbusini olg’a surgan edik. Bugun buni rasmiy amalga oshirayotganini ko’rayotganimizdan baxtiyormiz.
Prezident Sh.Mirziyoevni Oq uyga taklif qilinishiga, Dimplomatik korpus vakillarining sa’yi harakati oraqali rasmiylashgan bo’lsa ham aslida Mirziyoevning hokimiyatga kelgandan beri har sohada ayniqsa jamiyat erkinligi sohasida qo’ygan jasur qadamarli turtki bo’lganiga Shubham yo’q.
Uzoqdan turib tahlil qilinganda, keyingiz bir yil davomida O’zbekistonning xalqaro konferensiyalarga mehmondorchilik qilishi obro’isini oshirdi. Qolaversa, dunyo investorlarini jalb qilishda ma’lum qonunlar va farmonlar kuchga kirdi.Buni oxirigacha yetkazsih kerak. Hali odinda qilinadigan ancha ishlar bor.
Sobiq Prezident B. Obama hukumati tomonidan asos solingan bu dastur har ikki tomonning duch kelayotgan masalalarda fikr birligiga borish va sherikchilik qilishi nazarda tutilgan.
Bu dastur asosida ham O’zekiston tomonidan ham Amerika tomonidan ko’plab uchrashuvlar o’tkazilgan. Shu Jumladan John Kerrry’ning Noyabr, 2015 dagi Samarqandda o’tkazgan uchrashuvu va yana Tashqish ishlar ma’sul hodimi Thomas Shannon’ning yana u’tgan yili Toshkentga qilgan rasmiy tashriflari bu dastur davomida amalga oshirilgan edi.
C5+1 Dasturi Obama ma’muriyati tomonidan asos solingan bo’lsa ham Bugun Trump ma’muriyati tomonidan davlat siyosati o’laroq hech u’zgarishsiz davom ettirilmoqda.
Amerika o’z tashqi siyosatida O’zbekistonni avaylab kelganini aytishimizga asos bor. Amerikaga sayohat qilishni cheklovchi davlatlar ro’yxatida O’zbekiston joy olmadi. New Yorkdagi hudkush amaliyatini amalga oshirgan S.Sayipov ikki davlat orasidagi aloqalarni buzaolmadi. Nazarimda bu O’zbekiston bilan Amerikani yaqinlashuvini hohlamayotgan kuchlar borligini ham ku’rsatgandek. Bu mavzuda haq yoki nohaq ekanmizni endi vaqt ko’rsatadi.
Bu uchrashuvga osonlikcha yetib kelinmadi.
Oradan 16 yildan ko’p vaqt u’tib yana Prezidentlari uchrashuvi rejalanmoqda ekan,tahminimiz eng muhim masala dasturda ham aytilib kelinganidek Amerika investitsiyasini O’zbekistonga olib kelish va bu borada shart sharoitlari muhokama qilish bo’ladi.
Gap kelganda aytib u’tish kerak, amerika’da yuz minglab vatandosharimiz yashamoqda.Vatandoshlarimizning Amerikada yashayboshlaganlariga mana 20 yildan ko’p vaqt u’tmoqda. Ular ham o’z u’rnini topishgan va ona yurtning rivoji o’z hissalarini qo’shish niyatidalar.
Amerikadagi O’zbek hamjamiyatining Prezident Sh.Mirziyoev’dan bitta iltimos talabi bor.Bu ham bo’lsa borish kelishda vatandoshlarimiz duch kelayotgan u’ta kuchik masalarga e’tibor qaratishi ayniqsa, yurtga borish kelishda viza borasidagi muammolarni hal qilinsa ayni mudoa bo’lgan bo’lardi.
Amerikaning ham O’zbekiston vatandoshlariga viza masalasida osonlashtirishga moyilligi borligini aytish mumkin. O’zbekiston shuncha jasorat ko’rsatib dunyo’ning 7 davlatiga vizalarni bekor qilgan ekan Amerika vatandoshlari uchun ham huddi Qirg’iston va Qozoqistion singari vizalarni bekor qilinishini katta orzu umid bilan kutishmoqda.
Axir ular o’z kuchi va sarmoyasi bilam borishadi. Davlatimizning vizalarni bekor qilish kuchi borligini ko’rdik. Axir bugun ish u’rinlarni yaratilishi haqida gapiryapmiz. Viza muammosi davom etsa biz o’z qo’limiz bilan ularni yo’lini tusib qo’ygan bo’lmaymizmi?
C5+1 Dasturining asosiy qismlaridan biri bo’lgan Iqtisodiy sheriklik va investitsiya borasida bosqichma bosqich bo’lsa ham Amerikada tarihida hech bo’lmagan sarmoyani Markaziy Osiyoga jumladan O’zbekistonga olib kirish niyatdia ekanini bashorat qilishimiz mumkin. Qolgan gap endi Ikki Prezidentning diplomatik mahoratiga bo g’liq!!..
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, Uzbek, Zokir |