Boymirza Hayit tavalludining 100 yilligi
Istanbulda “Boymirza Hayit va bugungi kunda Turkiston tarixining tadqiqotlari” mavzuida xalqaro simpozium bo’ldi.
Anjumanda turk dunyosining taniqli olimlari va namoyandalari ma’ruzalar qilib, Boymirza Hayitning Turkiston tarixini yoritishdagi buyuk faloiyatini e’tirof etdilar.
Turk duyosining taniqli olimlari, professorlar Abdulkodir Donuk, Salih Aynural, Ahat Andijon, Nodir Davlat va boshqalar o’zbek tarixchisning jasorati, ilmiy dahosi haqida nutq so’zladilar.
Anjumanda O’zbekistonning turli viloyatlaridan taklif qilingan ziyolilar ham qatnashdilar.
Anjumaning eng iliq qarshilangan notig’i Xalqaro Iftixor mukofotining sohibi shoir va hofiz DADAXON HASAN bo’ldi.
-Ustoz haqidqagi xotirlarimni gapirb berdim, she’rlarim o’qildi, qo’shiqlarim eslandi, Boymirza Hayitning xotirasi O’zbekistonda ham nishonlanadigan kunlar kelmoqda,-deydi Dadaxon Hasan iftixor bilan.
“Turonzamin”
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, Tarix saboqlari |