EKSPERTLAR BILAN PREZIDENT NUTQINING SIYOSIY-IQTISODIY TAHLILI
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqi yuzasidan bir qator ekspertlar bilan 24 sentyabr, yakshanba oqshomida batafsil suhbatlashdik.
Prezident ma’ruzasida tilga olingan asosiy masalalarni soha mutaxassislari ishtirokida siyosiy-iqtisodiy jihatdan atroflicha tahlil qildik…
Dasturimizda:
AQShdan O’zbekiston Oliy Kengashining sobiq Xalq deputati, taniqli jurnalist va adib Jahongir Muhammad;
Qozog’istondan O’zbekiston Moliya vazirligining sobiq xodimi, Ostonadagi Evroosiyo milliy universiteti dotsenti, professor Saparboy Jubaev;
Frantsiyadan taniqli huquq himoyachisi, “O’tyuraklar klubi” inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti rahbari Mo”tabar Tojiboeva;
Shvetsiyadan taniqli diniy soha mutaxassisi, hadis fanlari doktori Muhiddin Shirinov;
Afg’onistondan taniqli jamoat arbobi, jurnalist va adib Olim Ko’hkan;
Frantsiyadan mustaqil tadqiqotchi, siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov;
Qirg’izistondan taniqli huquq himoyachisi, “Qonun va tartib” huquqni himoya qilish tashkiloti rahbari, yurist Izzatillo Rahmatullaevlar ishtirok etdilar.
Dasturni Norvegiyadan kamina Ulug’bek Bakirov olib bordim.
Eshittirishlarimizni kuzatib boring!
Eshittirishimizning 1-qismini 25 sentyabr, dushanba oqshomida Ziyo Nur studiyasining Youtube kanali orqali tinglashingiz mumkin.
Ulug’bek Bakirov.
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, Tug'yon radiosi |