Hokimiyat Mirziyoevning qo’lida va to’la nazoratida
Gulnora Karimovaning daftarini ochgan kabi, otasining kitobini ham varaqlab, unga siyosiy baho berish shart.
“Shavkat Mirziyoev hokimiyatni to’la nazorat qila olmayati” degan gaplar tarqalmoqda. Bu nima degani?
Birinchidan, bu O’zbekistondagi sistema qanday qurilganini yaxshi bilmaslik oqibati bo’lishi mumkin. Chunki O’zbekistonda hamma narsa bir kishi-hokimiyatning eng tepasida turgan odamga yo’naltirilgan. Uning aytgani aytgan, degani degan. Bunga hech kim qarshi chiqa olmaydi. Qarshi chiqsa, sistema mashinasi uni bir zumda yanchib tashlaydi.
Ikkinchidan, o’zbek zehniyati ming yillar davomida shakllangan va doim bir kishining qo’l ostida yashashga o’rgangan. Tepadagi odamni avliyolashtirish illatimiz bor.
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, maqolalar, Munosabat | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »