OCHIQ XAT

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev janoblariga !
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Biz O’zbekistonlik bo’lmagan dunyo O’zbeklari yoshlari sizga murojaat qilmoqdamiz!
O’tmishimizdan ma’lumki Oqposhsho va sovet bosqinining ayanchli davrlari,terror balosi,Afg’oniston va Pokistondagi urushlar hozirda 50 milliondan ortiq bo’lgan O’zbek millatini har yerga parchalab yubordi!
Bugunimizda O’zbekistondan tashqarida 20 milliondan ortiq O’zbek millatiga mansub insonlar yashamoqdalar.
Hurmatli Yurtboshi! Afg’oniston va Pokistonlik, O’zbeklarimizning ahvollari havas qiladigan darajada emas,O’zingizga ma’lumki Afg’onistondagi va Pokistondagi terror balolari,urushlar Afg’oniston va Pokiston O’zbeklarini dunyo O’zbeklaridan ancha vaqtda uzib qo’ygandi .
Tangriga shukur , O’zbekistonimiz ham erkinlikka erishishi bilan dunyo O’zbeklariga yordam qo’lini cho’za boshladi,Hususan afg’onistonda O’zbekiston nomidan maktablar qurib berildi, Qirg’izstonda esa sizning buyrug’ingiz bilan o’zbekiston hukumati O’sh shahrida O’zbeklarga maktab qurib bermoqda biz bundan minnatdormiz
Janob Yurtboshi. Shukur ohirgi davrlarda dunyo O’zbeklari bir birlarini izlamoqdalar,qaytadan aloqalarni tiklamoqdalar .
Dunyo O’zbekllarining yaqinlashishida albatta 1996 yili O’zbekistonning birinchi Prezidenti tomonidan Lotin alifbosi rasman qabul qilinishi asosiy rol o’ynadi!
Biz Lotin yozuvi orqali Otayurtimiz O’zbekistonga qayta bog’lana oldik!
Mana shu xayrli ish tufayli lotin alifbosi joriy bo’lgandan keyin qaytatdan madaniy aloqalar
O‘zbekistondan boshqariladigan online portallar va kutubxonalar tufayli tiklandi va Afg‘onistondagi 10 millionga yaqin O‘zbeklarda va boshqa davlatdagi O’zbeklar til va o’zlikni kuchaytirish uchun yangi umid tug‘ildi, va har kuni yuzdan ortiq Afg‘onistonlik O‘zbeklar
Lotin alifbosi tufayli o’zlarini onatiliga bo’lgan cheksiz sevgisi va talabi tufayli mana shu online kutubxona va online portallardan foydalana boshladi.
Biz O’zbekistonda tug’ilmagan O’zbeklar Kuni kecha O’zbekistonlik bir adabiyotshunos kirill yozuviga qaytaylik degan ochiqxatni sizning qabulxonangizga yuborilganini ishitib haqiqattan yana ma‘naviy aloqamiz uziladi degan xavotirga bordik
Janob Prezident! Afg’onistonda O’zbek tili ta’lim tizimi 0 foizga tengligi sabab Arab va fors tillariga qorishib yo’q bo’lib ketish arafasida qolgan paytda biz lotin yozuvi bilan internet resurslari orqali O’zbekiston va boshqa yerlik O’zbeklar bilan aloqani tikladik,tilimizni ham mana shu internet orqali qayta o’rganmoqdamiz!Lotin yozuvidagi elektron kitoblar bilan buyuk ajdodlarimiz asarlarini o’qib bormoqdamiz!
Shavkat Miromonovich sizdan hurmat va adab ila istaymizki Lotin alifbosi O’zbekistonda yagona yozuv bo’lsin,Dunyo O’zbeklari ila O’zbekiston o’zbeklari orasidagi rishta uzilmasin!
Sizga taklif qilingan kirill yozuvini qaytadan O’zbekistonda rasmiy yozuv qilish istagida bo’lganlarga rad javobini berib, O’zbekistonliklar va butun dunyo O’zbeklariga qulay bo’lgan O’zbek lotin alifbosini yana qayta mukammal qilib yaratishingizni iltimos qilib qolamiz!
Hurmat bilan O’zbekistonda tug’ilmagan O’zbek yoshlari

Khair Saljuqi – Afg’oniston
Bahram Bahruddin Bahaiy – Afg’oniston
Asadullah Erkin -Afg’oniston
Javlon Anvarov-Qirg’izston
Rahmandjanov Bahram- Qirg’izston
Zikrillo Mirzayev – Qozog’iston
Hamdam Hashim – Afg’oniston
Xolyor Aminxon – Afg’oniston
Abdulxamid Pardayev-O’zbekiiston
Otabek Umar – O’zbekiston
Khair Muhammad Ulus – Pokiston
Nazarbek – Saudiya Arabistoni
Mohib Hamidi – Afg’oniston
Razia Sharan-Afg’oniston
Husamuddin To’yg’on – Afg’oniston
Alim Ko’hkan – Afg’oniston
Nadir Hikmat Kuleli – Turkiya

%d bloggers like this: