Tariximiz

Buxoro fojeasi

O’zbekiston mustaqilligi nishonlanadigan birinchi sentyabr kuni bizga tarixning son-sanoqsiz alamli, iztirobli fojealaridan birini eslatadi. Ayni shu kuni – 1920 yilning 1-sentyabrida Qizil Armiya qo’shinlari Buxoro shahriga bosib kirib, Buxoro amirligining saltanatini qo’lga kiritgandi. Shu zaylda 1-sentyabr tarixga Buxoro amirligining yoki Buxoro davlatining oxirgi kuni bo’lib yozildi. 1-sentyabr kuni O’zbekiston mustaqilligi bayram qilinarkan, Buxoro davlatining qulashini yodga olish kelajagimizga yanada ravshanroq ko’z bilan nazar solishga undaydi. Continue reading