Yaqin moziy

  • Erkni bo’g’ish

Mashhur 300-sonli ishning “Ayblov fikri”(1)ni ikki qismga bolish mimkin.

Birinchisi: “ERK”gazetasiga qaratilgan ayblovlar;

Ikkinchisi: aniq shaxslarga qaratilagan ayblovlar.

Masalning birinchi qismiga diqqatingizni tortmasdan oldin ba’zi narsalarni eslatishga to’g’ri keladi. Ma’lumki, Mustqillikdan keyin “Erk”gazetasi O’zbekistonda nashr etilayotgan gazetalar ichida nafaqat tiraji, balki mazmun-mundarijasi bilan ham birinchi o’rinlardan biriga chiqdi. Bu hukumatni cho’chitdi. Uni cheklash uchun qog’oz narxi oshirildi, “Uzlit” ya’ni tsenzura idorasiga adabiyotni, she’riyatni tushunadigan qo’shimcha xodimlar ishga olindi.

Maqolalar surunkali gazeta sahifalaridan olib tashlanishiga qaramay “ERK” haftaligining yuksalishini to’xtata olishmadi. Buning bir sababi bor edi. U ham byulsa barcha gazetalar hukumatning chap cho’ntagiga aylangani bois xalq ulardan bezgandi.

Nihoyat hukumat “ERK”gazetasi  ustidan jinoiy ish qozg’adi. Maqola yozgandan tortib, maqolani tahrir etgangacha hammani O’zbekistom Ichki Ishlar vazirligiga chaqirib tergov qila boshlashdi.

Pul qaerdan kelgan, muallifga qalam haqi berilganmi, muallif buni olganmi, gazeta bo’yoqlari qaeradan sotib olingan, qog’oz uchun qaysi mablag’dan ishlatilgan va hokazo.

Shoshganganni oyoq kiyimi sharmanda qiladi deganlaridek, o’shanda “ERK”da Cho’lponning she’rlari ham bosilgan bolib tergovchilar Abdulhamid Cho’lpon nomiga chaqiriq qog’ozi yozgandilar. Buni obrazli ifodalasak biznikilarga qoyib bersa, go’rda yotgan odamni ham olib kelib, tergov qiladilar. Ammo bu hol biznikilarning savodi naqadarligini ham o’rtaga qoyadi.

Xullas, bosh muharrirdan tortib oddiy fotografgacha qalam haqini o’zlashtirgan, gazeta mablag’ini noto’gri sarflagan deya ishlarini sudga oshirishidi. Vaholankui ular uz mablag’larini o’rtaga qoygan fidoyilar edilar. Davlatning mablag’ini talon taroj qilayotganlar chetda qolib, o’z puliga gazeta chiqarayotganlar baloga qolgandilar. Podshohga bahona kerak bo’lsa nega ko’zing ikkita, der ekan.

Ko’p o’ymay O’zbekiston Davlat Matbuot qo’mitasining  qarori  bilan gazeta nashri to’xtatildi.  Matbuot haqidagi qonunga muvofiq bunday huquq faqat sudga berilgan edi. “Erk”gazetasini g’ayri qonuniy ravishda yopib qoyishgani uning faoliyatini chetda davom ettirish uchun asos yaratdi. Demak bunday odim otilishiga hukumatning o’zi sababchi boldi.

Endi “Erk”gazetasini ayblashga sabab bo’lgan maqolalarga to’xtalaylik.

“Ayblov fikri”da gazetaning xorijda nashr etilgan sonlaridan quyidagi parchlalar keltiriladi.MXX tayyorlagan va Respulika prokurori tasdiqlagan “Ayblov fikrining 6 sahifasida “ERK” gazetasining xorijda nashr etilgan 5-sonidan parcha keltiriladi:

“O’zbekistonda repressiya kuns ayin kuchaymoqda. Hukumat siyosiy va iqtisodiy islohotlar o’tkazmagani, pul reformasini kechiktirgani natijasida  ahvoli nihoyatda og’irlashib ketgan xalqning noroziligini bo’g’ish, uni qo’rqitish uchun ko’zga ko’ringan farzandlarini qatag’on qilmoqda”.

Bu parchaning nimasi jinoyat? Lekin haqiqat jinoyatga, fitna haqiqatga aylangan joyda bundan ham kulgilisi bo’ladi.

Masalan “Ayblov fikri”da mana bu parcha ham jinoyat sifatida keltiriladi:  “Biz jahon jamoatchiligi demokratiya tarafdorlari, siyosiy partiyalar, O’zbekiston respublikasi Prezidenti imzolagan xalqaro hujjatlar ijrosi nazoratini ta’mi’nlovchi tashkilotlarni bu ahvolga loqayd qaramaslikka chaqiramiz” .

Bunday satrlar dunyodagi barcha muxolif partiyalar tomonidan agar ularning hukumatlari xalqaro bitimlarni mensimay, o’z xalqlariga qarshi faoliyat olib borishsa qayta va qayta takrorlanadigan satrlardir. Bu bilan kimnidir o’ldirishga chaqirilayotgani yo’q, balki qonunlar va xalqaro hujjatlarga imzo otib so’ngra ularni toptaganlarni loqayd qolmaslikka chaqirilmoqda, xolos.

Bu satrlarni ayb deb bilgan tergov va sud Stalin davrining, Veshinskiy uslubining davomcshi ekanini isbotlamaganmi? Bu ham mayli, tergov ayb deb hisoblagan boshqa satrlarga diqqat qiling: ”Erk”gazetasining “Jon qayg’usi”maqolasidan: “Agar prezident o’zini xalqdan muhofaza qilmoqchi bo’layotgan bo’lsa, buning uchun 20 ta “Mersedes” va vertolet olib, pulni bekorga sarf qilib o’tirishning hojati yoq. Chunki unga qarshi kurashayotganlar uning joniga qarshi emas, balki tuzumga qarshi kurashayapti. Tuzumni esa nafaqat vertoletlar, balki hech qanday vosita bilan asrab qolish mumkin emasligining guvohi bo’ldik”.

Mana Sizga davlat to’ntarishiga urinish uchun ayblangan gazetadan tergov jarayonida topilgan “tahlikali” va kimlarnidir jinoyatchi deya temir panjaralar ortiga tashlash uchun asos deb topilgan satrlar. Bu bilan tergov qaysi mantiqdan kelib chiqqaniga hayron qolasiz.

JM

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in Mushohada. Bookmark the permalink.