Mushohada

“Xo’p-xo’p”

Ko’p yoyilgan illatlardan biri “xo’p, xo’p” xastaligi. Bu illatdan dong’imiz ham chiqqani ma’lum. Ya’ni to’g’ri yo noto’g’ri, haq yo nohaq topshiriq olsak, bas-ki yuqoridan kelgan bo’lsa, og’zimizdan “xo’p”dan boshqa so’z chiqmasdi.

Bunday ijrochilik usluli demokratiyaga ziddir. Demokratiya fikrlash minbari. Har qanday masalada ishtirok etish demakdir. Ko’r-ko’rona ijrochilik esa iqtidorni saqlab qolish uchun qo’llanadigan har turli rejimlarga xos.

Yuqori lavozimlarda ishlagan, mamlakat va millatning taqdiri, kelajagi bilan bevosita bog’liq bo’lgan rahbarlar, eskichasiga aytganda nomenklatura, ijrochilikni, mansabini saqlab qolishning birdan bir yo’li deb tushunmoqda. Ana shuning uchun ham ijrochilik mansab va manfaat uchun o’z vijdon hamda xosiyatini oyoq osti qilish bilan tenglashdi. Continue reading