4. Bayroq
MXX raisi ”Katta”ning huzuriga keldi.
-Tinchlikmi?-deb so’radi undan “Katta”.
-Tinchlik…. Tinchlik… faqat..
-Nima faqat… Moskvadan biror xabar oldingizmi? Vladimir Vladimirovichning jahli chimabdimi kechagi gapimga.
-Yo’, yo’… u kishi tushunadigan odam. Lekin kimdir Toshkanning qoq o’rtasidagi ko’prika bayroq ilib ketibdi.
-Rossiyaning bayrog’inimi?
-Yo’q, qora bayroq ilib ketibdi.
-Ie, kim iladi qora bayroqni?
-Qora bo’lganda ham qop qora.
-Biror iz qoldirmabdimi?
-Ustida yozuvi bor.
-Yozuvi bor? Nima deb yozgan?
-“Yashasin islom!” deb yozilgan.
-Xudoga shukur, o’takamni chiqaray dedingiz. Nima qildingiz bayroqni?
-Olib tashladik.
-Hali yirtib ham tashladik dersiz. “Yashasin Rustam” deb yozmaganiga xafa bo’ldingizmi? Darhol joyiga ilib qo’ying,-dedi “Katta” bamaylixotirlik bilan.
Keyin bir zum o’ylab turdida:
-Hazillashdim,-dedi.-Bu katta imkoniyat, kim osgan bo’lsa ham bizning foydamizga ishlabdi! Tugmani bosing, uka, bayroqni bayroq qilamiz endi!,- dedi.
Jahongir Muhammad
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, JM | Tagged: satira |