Turonzamin qahramonlari

dustimDo’stim fenomeni

Turonning ildizi

Mulki Turonning tarixini bag’ri xun Afg’onistondan qidirmoq kerak. Hirotga boring, so’z mulkining jahongirlari Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy yotishibdi. Sharq she’riyatining lutfi Lutfiydan buyuk musavvir Behzodga qadar, sulton Husayn Boyqarodan pirlar piri Abdulla Ansoriygacha Hirotda.

Shohrux Mirzoning sevimli rafiqasi,   olimu shoh, sarkardai davr Ulug’bek Mirzoning volidasi Gavharshodbegim ham o’sha erda.

G’aznaga o’ting, Abu Rayhon Beruniy, Kobulga boring, bobomiz Bobur shoh, Balxga qayting Boborahim Mashrab…

Xullaski, Turon chinorining o’q ildizi Afg’oniston zaminida. Shuning uchun ham biz bot-bot bu zamin haqida gapiramiz, yozamiz, u erdagi taqdirimizning suratini chizamiz.

Buyuklik

Kimdir istaydi, kimdir istamaydi, lekin Afg’onistondagi turkiy qavlarning 20 va 21 asrdagi tarixi haqida gap ochilarkan, birinchi bo’lib Abdu Rashid Do’stimning nomi tilga olinadi. Kimdir uni turonchi deydi, kimdir kommunist deb bilar, boshqalar kuchli sarkarda, yana birov fenomen – hodisa deydi… Continue reading