Siyosiy satira

mushtum2Oqsaroyning so’z o’yinlari

3. “Kim edigu kim bo’ldik?”

“Katta” hammaga bir-bir shu savolni bermoqchi bo’ldi. Avval xotiniga yuzlandi:

– Kim edigu kim bo’ldik? Nima deb o’ylaysan?

Xotinining gapi tilining uchida ekan. Javrab qoldi:

-Er-xotin edik… bolalarimiz bilan birga yashardik… qizlarimiz opa-singil edi… nevaralarimiz bor edi… baxtli edik…endi kim bo’ldik? Qarigan chog’imizda yana?

-Bas! Man nimani so’rasam san nima deysan?- “Katta” qo’l siltab eshikka qarab yurdi. Xonasidan chiqayotgandi qizi kirib keldi. Uni ham sinab ko’rmoqchi bo’ldi. Qizining ham jag’i osilib qoldi:

-Fond forumim bor edi, o’zimning TVlarim bor edi, ovoz yozadigan studiyalarim bor edi, chet ellarda villalarim bor edi, atrofimda odamlarim bor edi, millionlarim bor edi, suyanadigan otam bor edi… endi kim bo’ldim?

-O’chir! Sani kim bu yoqqa kiritdi. Yo’qol ko’zimdan!

“Katta” bir zum joyida to’xtab bu savolni o’ziga berdi. Ichki “men”i bidirlab qoldi:

“Moskavga pul tashiydigan yugurdak eding, mana endi sanga pul tashishadi”.

-Stop,-dedi u o’ziga o’zi,- topdim!

U hayajon bilan xalqning oldiga chiqdi:
-Mana o’ylab ko’ringlar, kim edigu kim bo’ldik? SSSR degan jallod tuzumning yugurdagi edik, mana endi kim bo’ldik?

U shunday deb chet eldan qaytarib olib kelingan bir yigitga yaqinlashdi va savolini takrorladi. Yigit darhol javob qildi:

-Biz ulug’ beruniylar, ibn sinolar, ulug’beklar…,- Yigitcha bir zum o’ylanib qoldida shitob bilan davom etdi:-Xorazmiylar, buxoriylar, samarqandiylar, urganjiylar, andijoniylar, namongoniylar, toshkandiylar, farg’oniylar, xo’jandiylar, termiziylar avlodlari edik.

-To’xta,-dedi unga “Katta”.-San tarix o’qiganmi yoki jug’rofiyami? Man sanga kim edigu kim bo’ldik, dedim…

Yigitcha qo’rqib ketdi va:

-Endi sizning avlodingizmiz,-dedi.

-Ana, haqiqatni aytish mumkin ekanku, qani bu gapni balandroq ayt, butun dunyo eshitsin,-dedi “Katta” uning elkasiga qoqib.

Yigitcha ilhomlanib ketdi:
-Endi Rusiy, Moskoviy, Xersoniy, Chimkentiy, Afg’oniy, Quriy, Pokistoniy, Hindistoniy, Istanbuliy, Amriqoy, Avropiy, Kanadiy, Xitoy, Dangosiy va Malay bo’ldik!

Jahongir Muhammad

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in 1.BOSH SAHIFA, JM and tagged . Bookmark the permalink.