Oqsaroyning so’z o’yinlari

mushtum11.Jon va joy

”Katta” yonida o’tirgan muftiga savol otdi׃

-Siz ham meni duo qilasizmi?

-Taqsir, sizni duo qilmasam kimni duo qilaman,-dedi mufti ovozining pardasini tushirib.

-U holda nega bu gapni bunchalik sekin, pichirlab aytayapsiz?

-Taqsir, o’zingizdan qolar gap yo’q, duo tilda emas, dilda bo’ladi. Agar biz duo qilmaganimizda…, -mufti birdan gapini yutib yubordi.

-O’lardingiz demoqchimiz?- ”Katta” keskin ohangda so’radi.

-Xudo saqlasin, taqsir… Ilohim sizdan oldin bizning jonimizni olsin, biz o’laylik, siz uzoq yashang!

-Yaxshi… yaxshi… joningizni qo’yavering, joyingizni bo’shating!- dedi ”Katta” sirli jilmayib.

Mufti bo’shab qolgan qopdek o’zini ko’tarolmay qoldi. Rangi uchib, qo’llari qaltirab, lablari qurib, tili arang aylandi׃

-Taqsir, shuncha xizmatingizni qildim…

-Hay.. hay… hali ko’p xizmat qilasiz bizga,-dedi ”Katta” uning elkasiga qoqib.- Hozir qori aka bilan ham gaplashib qo’ymoqchiman, u kishiga joy bering demoqchiydim.

JM.

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in 1.BOSH SAHIFA, jahonnoma, JM. Bookmark the permalink.