”Katta” yonida o’tirgan muftiga savol otdi׃
-Siz ham meni duo qilasizmi?
-Taqsir, sizni duo qilmasam kimni duo qilaman,-dedi mufti ovozining pardasini tushirib.
-U holda nega bu gapni bunchalik sekin, pichirlab aytayapsiz?
-Taqsir, o’zingizdan qolar gap yo’q, duo tilda emas, dilda bo’ladi. Agar biz duo qilmaganimizda…, -mufti birdan gapini yutib yubordi.
-O’lardingiz demoqchimiz?- ”Katta” keskin ohangda so’radi.
-Xudo saqlasin, taqsir… Ilohim sizdan oldin bizning jonimizni olsin, biz o’laylik, siz uzoq yashang! Continue reading
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, jahonnoma, JM | Leave a comment »