Aytganini qil, qilganini qilma!

iak“Har qanday vazifa – bu avans, o‘zbekona aytganda, nasiya”

Biz rahbarlarga dohiy deb emas, avvalo el-yurt manfaatini hamma narsadan ulug‘ qo‘yib, unga xizmat qiladigan inson deb qaraymiz.

Aytish kerakki, dohiylik eski sovet davriga xos illat bo‘lib, uning qoldiqlari ba’zi joylarda hozirgi vaqtda ham ko‘zga tashlanib turadi.

O‘zini dohiy deb his qilish, dohiy sifatida ko‘rsatish, shunga intilish va ishonish – bu ham bir kasallik. Agar bu kasallik bo‘yicha tegishli mutaxassis shifokorning fikrini so‘raydigan bo‘lsangiz, u bunday odamga aniq tashxis qo‘yib beradi.

Bunday kishilar haqida gapirganda, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Odam borki, odamlarning naqshidur, Odam borki, hayvon undan yaxshidur” degan satrlari beixtiyor esga tushadi, dedi Yurtboshimiz.

Prezident sifatida mening zimmamda bo‘lgan vazifalar haqida ko‘p o‘ylayman. Lekin ular orasida eng og‘iri, eng murakkabi nima, deb so‘rasa, odamlarni lavozimga tavsiya qilish, deb aytgan bo‘lardim.

Bu hayotda insonni sinovdan o‘tkazadigan narsa – avvalo nafs balosidir. Biz bu haqda, undan ogoh bo‘lish, undan o‘zimizni asrash haqida ko‘p gapiramiz. Lekin agar iymoni sust bo‘lsa, odam nafs yo‘lida o‘zini to‘xtatishga kuch topolmaydi.

Shu borada yana bir balo borki, u ham bo‘lsa, rahbarning yon-atrofida doimo parvona bo‘lib yuradigan xushomadgo‘y laganbardorlardir. Ular o‘z ishini bitirguncha “aka-aka” deb, “buyuring, xizmatingizdamiz” deb, irodasi zaif bo‘lgan rahbarni buzadi, yo‘ldan ozdiradi.

Hammamiz yaxshi tushunamiz – har qanday vazifa – bu avans, o‘zbekona aytganda, nasiya, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Rahbar avvalo o‘zini sinovlarda, hayotni o‘zgartirishda ko‘rsatishi, namoyon etishi kerak. Yuqori lavozimga saylangan odam o‘zi boshqarayotgan hududda shu yurtning otasi, egasi sifatida ish olib borib, butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarur. Faqat ana shunday jonkuyar, o‘zini ayamasdan mehnat qilgan rahbarni el-yurt ham qadrlaydi, hurmat qiladi.

Islom Karimovning 2013 yil, 19 dekabr Surxondaryo viloyati kengashining sessiyasidagi nutqidan

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in 1.BOSH SAHIFA, Uzbek. Bookmark the permalink.