Aytganini qil, qilganini qilma!

iak“Har qanday vazifa – bu avans, o‘zbekona aytganda, nasiya”

Biz rahbarlarga dohiy deb emas, avvalo el-yurt manfaatini hamma narsadan ulug‘ qo‘yib, unga xizmat qiladigan inson deb qaraymiz.

Aytish kerakki, dohiylik eski sovet davriga xos illat bo‘lib, uning qoldiqlari ba’zi joylarda hozirgi vaqtda ham ko‘zga tashlanib turadi.

O‘zini dohiy deb his qilish, dohiy sifatida ko‘rsatish, shunga intilish va ishonish – bu ham bir kasallik. Agar bu kasallik bo‘yicha tegishli mutaxassis shifokorning fikrini so‘raydigan bo‘lsangiz, u bunday odamga aniq tashxis qo‘yib beradi.

Bunday kishilar haqida gapirganda, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Odam borki, odamlarning naqshidur, Odam borki, hayvon undan yaxshidur” degan satrlari beixtiyor esga tushadi, dedi Yurtboshimiz.

Prezident sifatida mening zimmamda bo‘lgan vazifalar haqida ko‘p o‘ylayman. Lekin ular orasida eng og‘iri, eng murakkabi nima, deb so‘rasa, odamlarni lavozimga tavsiya qilish, deb aytgan bo‘lardim. Continue reading