Olim Ko’hkan

olimkAfg’onistonda o’zbek tilining o’tmishi va bugungi ahvoli

O’chmas izlar

Ta’rixdan ma’lum bo’lishicha Afg’oniston turki xalqlarning qadimi ve ta’rixi vatani. Afg’oniston degan siyosi – gio’grafik hudud o’rtaga kelmasdan oldin bu yurtda turki sulolalar birin-ketin ho’km surganlar. miloddan oldin ko’shonilar ve undan keiyn yaftalilar/haftolitlar saltanat qurib, buyuk madaniyat yaratib o’zlaridan o’chmas iz qoldirishgan. shunindek Ratbelshohlar, Kobulshohlar, Qarluqshohlar, G’azavilar, Saljuqilar, Mug’ullar, Temurilar, Bobur ve uning avlodalari, Shaybonilar, Afshorilar, Ashtarxonilar ve nihoyat janubi Turkiston o’zbek xonliklari(Xulm xonligi, Balx xonligi, Oqcha xonligi, Sarpul xonligi, Shibirg’on xonligi, Andxui xonligi ve Maymana xonligi)siyosi sulolalar sifatida hukmronlik qilib keldilar.

Ivrilishlardagi o’zlik

Hozirgi kundaham Afg’oniston aholisining salmoqli qismini kelib chiqishi turki xalqlarga mansub bo’lgan aholi jumladan: o’zbeklar, turkmanlar, qirg’izlar, qarluqlar, afshorlar, qizilboshlar, aymoqlar, hazoralar, temurilar, shaybonilar; shuningdek Afg’onlashgan turki qaumlar: G’o’ri, Firo’zko’hi, jamshedi, toimani, xalaj ve boshqalar tashkil etadi. ushbu etnik guruhlardan oxirgilari turli siyosi ve ijtimoiy omillar sabab o’tgan davrlarda o’z tillarini yuqotib pashtu ve fars tillarida so’zlashishga majbur bo’lganlar. bular orasidan faqatg o’zbeklar, turkmanlar hamda qirg’izlar o’z tillarida gapiraolish ve bir qadar yozishni saqlab qolishgan. misol uchun G’o’rband turklarining eng katta qismi o’z ona tillarini allaqachon yuqotib bo’lganlar. qolganlari ham bu jarayonni o’z boshidan o’tab kelmoqda. boshqa tomondan tillarini butunlai yuqotgan qaum sifatida hazoralarni yaqqol misol qilib ko’rsatib o’tish mumkin. bugungi kunda ular o’zlariga xos lahjada fors/dari tilida so’zlashadilar. hazora lahjasida, sezilarli miqdorda turki/mug’ulcha so’zlar saqlanib qolgan.

Yaqin o’tmishdan so’z ochadigan bo’lsak bundan taxminan bir asr oldin poytaxt Kobuldan Afg’onistonning janubi Hilmad viloyatiga badarg’a qilingan etnik o’zberning katta bir qismi Afg’on/Pashtu hamda fors tilida gaplashishga mahkum qilingani ma’lum. bular ayni kunda Afg’onlashgan yoki, tojiklashib qolishgan. turki etnik qatlamga nisbatan juda-juda noravo bo’lgani ko’pchilikka oiynadek ayon. gapirilgan masa’la ta’rixchilar tomonidan obdon o’rganilishi lozim deb o’ilaymiz.

Til bo’lmasa, el bo’lmas

Afg’oniston maujud chegaralari bilan milodi 1747- yilda mamlakat o’laraq mintiqa xaritasida paudo bo’ldi. ya’ni Nodir Afshorning o’limidan keiyn, hokimiyat Au’g’on Durronilari qo’liga o’tishi bilan bu yurt rasmi mamlakat sifatida shakillana boshladi. boshqa oz sonli ve hatto o’zbeklarga o’xshagan ko’p sonli xalq ve elatlarni qisib, sahnadan chiqorib yuborish hisobiga Aug’on ho’kmronligi mustahkamlandi. qancha zulm ve toptalishga duch kelmasin istilochi Afg’onlar o’zbeklarni butunlai yuq qilaolmadilar. boshiga kelgan balo-qazolarga qaramai, o’zbek tili o’zbek xalqining sevimli tili bo’lib qolaverdi. darvoqi’ o’zbek tili Afg’onistonning turki xalqlar hayot kechiradigan hududlarida, Badaxshondan olib Herotgacha bo’lgan kengliklarda o’zini namoyon qilib keldi. omma xalq orasida o’zbek tili matnsiz bir shaklda yashab qoldi. matnsiz deiyshimizning sababi Afg’onistonda bu tilda ko’zga ko’rinarli adabi asar yaratilmadi. o’zbek xalqi ziyolisiz qora xalq sifatida hich bir himoyasiz o’z tillarini shu bugungacha og’izlarida ushlab turaoldi. maktab, madrasa ko’rganlar, o’qimishlilar o’zbek tilini himoya qilish bir yoqda tursin, ko’proq bilib-bilmay buzishga o’tdilar.

Kuchli tildan kuchli adabiyot tug’iladi

Bir zamonlar Xuroson adabi hauzasida gurkirab rivojlangan o’zbek tili asosida ulkan adabiyot yuzaga keldi. O’zbek adabiyoti ta’rixining eng qimatli adabi asarlari hozirgi Afg’oniston yo qadimgi janubi turkistonda ijod etildi. Lutfi, Otoiy Balxi, Amirulkalom Alisher Navoye, Sulton Husayn boyqaro, Zahiruddin Muhammad Bobur ve boshqalar o’z adabi mirosining kata qismini shu hududda ijod etdilar.

Temurilar hokimiyati davri ayniqsa Alisher Naviye yashagan yillar o’zbek adabiyoti ta’rixining oltin davri sanaladi. bu yillarda so’z mulkining sultoni ulug’ Navoye o’zining bebaho adabi xazinasini yaratdi. darvoqi ushbu davr O’zbek adabiyoti ta’rixida o’zbek adabi tilining shakllanishi uchun mo’him daur sanaladi. shundan keiyn adabiyotimizning butunlai zavolga yuz tutgani achinarli bir hol albatta. bunga Navoye ve Bobur zamonida vujudga kelgan adabi muhitning oradan ko’torilishi ve undan so’ng o’zbek adabi muhiti shakillanishi uchun lozim shartlar yaratilmagani asosi sabab hisoblanadi.

Temurilar saltanati shikasti ve Bobur hayotidan so’ng Afg’oniston hududida o’zbek tilida mo’him adabi asarlar yaratilgani to’g’risida aniq ma’lumotlar qo’lda emas. bunga Navoye ve Bobur zamonida vujudga kelgan adabi mo’hitning inqirozga yuz tutishi ve undan so’ng o’zbek adabi mo’hiti shakillanishi uchun lozim shartlar yaratilmagani asosi sabsb hisoblanadi.

Afg’oniston shimol viloyatlari butunlay Kobul saltanati tomonidan zabt etilgandan so’ng o’zbek tili jiddi ravishda kam sitila boshladi . dar voqi’ bu til o’z yuqqoriligidan quiy sari tushib, so’zlouchilari tomonidan xonadonlar-u- qishloqlar sathida kundalik ma’iyshi tilga aylanib qoldi. o’shanda, o’zbeklar farzandlari maktablar ve ta’lim dargohlarida fors ve yo Pashtu tilida o’qitilardi. o’zbeklar hukumat idoralari ve maktablarda o’zbek tilida so’zlash huquqiga ega bo’lmay qoldilar. rivoyat qilishlaricha Foryob viloyati markazi Maymana shahri maktablaridan birida o’zbek tilida gapirgan bir o’zbek o’qituchi maktab idorasi tomonidan jarimaga tortilgan.

O’zbek yozuvchilar ve ijodkorlar ko’pincha fors tilida yozganlar. o’zbek tilida yozilgan she’rlarni matbuotda nashr etish yoki o’zbek tilida kitoblar chop qilish man etilgan. bu yillarda o’zbeklar orasida Navoye xonlik, Mashrabxonlik , Yassavixonlik bo’lib turgan. So’fi Alloyor, Huvaydo ve boshqalar asarlari xususi shaklda o’zbeklar hayot kechiradigan qishloqlar masjidlarida imomlar tomonidan o’qitilgan xalos.

O’rni kelganda aytib o’tish kerakki sobiq qirol Muhammad Zohir hokimiyati zamonida Afg’oniston milli majlisining o’zbek wakillari: Abulxayr Xayri, Nazar Muhammad Navo hamda Abdulkarim Nazihi Jilva kabi o’zbek ziyolilar kurashi ve tashabussi natijasida ilkbor Afg’oniston radiosida o’zbek ve turkman tillarida eshittirishlar boshlangan.

Har kun yarim soat atrofida yoiynlangan bu eshittirishlar Zohirshohning amakivachchasi Muhammad Doud boshchiligida amalga oshirilgan bir harbi to’ntarishdan keiyn to’xtatilgan. bu ahvol milodi 1987- yilning o’rtalarigacha davom etgan.

Qayta jonlanish

Ushbu sananing April oiyda Maskavga tarafdor Afg’oniston xalq demukratik partiyasiga vafoda armiya mansabdirlari kuch ishlatishi natijasida Kobulda Muhammad Doudni qatl etilib mamlakatni boshqarish ixtiyori mazkur partiya qo’liga o’tgandi. dar haqiqat yangi siyosi tizim daurida daulat radiosida o’zbek ve turkman tillaridagi eshittirishlar qayta yoiynlana boshlagan. shuningdek mamlakat ta’rixida birinchi marta o’zbek tilida “Yulduz” nomidagi gazita nashr etildi. bu gazita, boshlanishda rahmatli Muhammad Amin uchqun(yaqinda Turkiyata vafot etdi), so’ngra Oyxon Bayoni ve Abdulloh Roiynlar tomonidan boshqarilgan edi.

Darvoqi kamunistik ko’zqarashdagi Afg’oniston xalq demukratik partiyasining 14 yillik hokimiyati davrida matbuotda ayrim maqolalar ve sherlarni o’zbek tilida nashr etish hamda kitoblarni chop qilishlikka ruxsat berildi. Alisher Navoye “xamsa”si (bu toshbosma ancha zaiyf ve xatolari ko’p bo’lgan nusxa), marhum Abdulg’affor Bayoni hamkorligida, shuningdek mahbubulqulub asari Doctor Muhammad Ya’qub Vohidi Juzjoni tomonidan nashr etildi. Zahiruddin Muhammad Bobur devoni hamda Nodira Begim she’r daftari Doktor Shafiqa Yorqin tashabbusi natijasida chop qilingan edi.

Anashu davrda o’zbeklar farzandlarining o’z ona tillarida ta’lim olishlari uchun amali qadamlar tashlangan edi. birinchi sinfdan to’rtinchi sinfgacha o’zbek tilida maktab darsliklari nashr etilib o’qitila boshladi. beshinchi sinfdan to’qizinchi sinfgacha maktab kitoblari o’zbek tilida ta’lif etilgan edi.

Poytaxt Kobluda Amir Alisher Navoye nomidagi madani anjuman tashkil etilib fa’oliyatga boshlagandi. o’zbek tabib ve shoer Doktar Abdussalom Osim mazkur anjuman boshligi etib ta’iynlangan edi.

Shu davrda Kobul bilim yurtining til ve adabiyot fakultati qoshida o’zbek tili ve adabiyiti departaminti ta’sis qilingan edi. o’nlab o’zbek talabalar bu departamintda tahsil oldilar. ulardan ayrimlari hozirgi kunda mamlakatning qator bilim yurtlarining o’zbek tili ve adabiyoti departamintlarida o’qituchi bo’lib xizmat qiladilar. o’shanda O’zbekistonlik ustozlardan Lolaxon ve Tala’t Solixovlar bu departamentda dars berganlar. ayni holda o’sha paytlarda bir qator Afg’onistonlik o’zbek yoshlar toshkint daulat bilim yurtida o’qishga qabul qilinib o’zbek tili ve adabiyoti bo’iycha tehsil olgan edilar. ular jumlasidan Azizulloh Arral. Xonim Fauziya Arral, Nurulloh Oltoi, Zikrulloh ishonch, Xaiyr Muhammad Chovush, Xonim Zahro, Sobir Andalib ve boshqalarni eslash mumkin.

Bu jarayon 1992- yilda Kobulning maskavga tarafdor tizimi qulatilishi bilan to’xtab qoldi. ichki nizo’lar yillarida Gen. Do’stim rahbarligidagi Afg’oniston milli islomi junbishi nomidagi harbi- siyosi tashkilot aksariyat o’zbeklar yashaydigan shimol viloyatlariga nazorat o’rnatdi. ushbu hududlarda nisbi osoishtalik barqaror edi. shimol viloyatlari markazi sanalmish Mazorisharif shahri o’zbeklarning madani fa’oliyatlari markaziga aylandi. Amir Alisher Navoye nomidagi madani anjuman bu shahrda qayta o’z fa’oliyatini boshladi.shimolda o’zbek tilida bosiladigan “yulduz”, “yog’du”, “quyosh” ve “to’gri yo’l” jo’rnallari o’z xonandalari qo’liga yetib bordi. bulardan faqat “yulduz”da mukammal o’zbek tilida maqolalar ve she’rlar bosilardi. qolganlari fars ve o’zbek tilida chiqardi. Afg’oniston milli islomi junbishiIning markazi nashri sanalmish “Nidoiy islom” ve “Armag’on” hamda “Foryob”, ve “Jauzjonon” gazitalari Foryob ve Jauzjon viloyatlari markazlarida bosilardi. bu nashrlarda ham o’zbek tilida maqolalar hamda Afg’onistonlik o’zbek qalamkashlarning ijod namunalari nashr qilinardi. shunindek ikki- uch yil davomida qator kitoblar jumladan “Shajarai tarokima”, Xorazmining “Muhabbatnoma”si, Alisher Navoye asarlaridan “Mizonulauzon”, “O’zbek tili ve adabiyoti farhangi”, “Bobur manguligi”, “shoerlar tazkiralari” hamda o’zbek ijodkorlarining she’ri to’plamlari bosilgan edi.

Mazorisharif, Shibirg’on ve Maymana shaharlarida mahalli tilikanallar hamda radiolar orqali o’zbek tilida yangiliklar hamda xilmaxil barnomalar yoiynlanardi.

Afg’onistonda bukungacha o’zbek tili qandai saqlanib qolgan?

Etnik o’zbeklar Afg’oniston shimol viloyatlaridan, ko’proq Faryob ve Taxorda zich yashaydilar. shuningdek Badaxshon, Qunduz, Bag’lon, Samangon, Balx, juzjon, Sarpul, Bodg’is ve Herot viloyatlari aholisining ma’lum qismi o’zbeklardan iborat.

Mahalli aholi orasida o’zbek tili faqat qishloqlarda tozaligicha saqlanib qolgan. bunga qishloq aholisining savodsizligi ve boshqa yoqdan ba’zi yerlarda o’zbeklarning tutash ve qalin yashab kelayotganliklari asosi sabablardan sanaladi.

O’zbek tilida keskin o’zgarishlar jarayoni o’zbeklarning shaharlashishi, savdo – sotiq bilan ish ko’rishi, boshqalar bilan keng aloqaga kirishi bilan bog’liq. bu o’zgarish o’zbek tilining to’g’ri rivojlanishga emas balki, uning buzilishiga olib keldi. o’zbeklar yashaydigan bir qator shaharlar markazlarida fors tili umum uchun aloqa tili bo’lgani bois, bundai joilarda turadigan o’zbeklar tiliga muayan ta’sir o’tkazgan. forscha so’zlar bizning tilimizga kirib kelgan. hammadan achinarlisi bundaki, o’qimishli o’zbeklarning ko’pchiligi o’zbek tilini fors tili qoidasiga solib so’zlaydilar. aksar hollarda o’zbeklarning savodli qatlami so’zlagan gap ve jumlalari oxirida faqat bitta fi’l o’zbekcha bo’ladi xalos. o’zbek tilida fa’oliyat olib boradigan radiolar hamda tilikanallar soni ozligi shuningdek mazkur ommavi axborot vositalarining o’zbek tilida beriladigan dasturlari tili sof o’zbekcha bo’lmagani ham ushbu mushkilning davom etishiga ko’makchi bo’lgan.

O’zbek tili Afg’onistonda pashtu tilidan ko’p ta’sirlanmagan desak xato qilmagan bo’lamiz. buning ham o’ziga xos sabablari bor albatta. birinchidan o’zbeklar etnik pashtunlar bilan qo’shni bo’lib yashamaydilar, ba’zi bir joilarda ular bilan yaqin yashasalar ham pashtu tili mamlakat bo’ilab turli elatlar orasida muomila tili bo’lmagani uchun o’zbek xalqi bu tilni o’rganishga rag’bat ko’rsatmagan. o’zbek tili bilan pashtu ve fors tillari orasidagi ta’sir ikki yoqlama bo’lgan. o’z naubatida o’zbek tilining fors ve pashtu tillariga ham ta’siri bo’lgan.

O’zbek tilining rivojlanmai qolganiga, ko’p omillar qatori:

Uzoq davrlardan beri o’zbek tili Afg’onistonda kam sitilgani;

O’zbeklar farzandlari asrlar davomida o’z ona tillarida ta’lim olish huquqiga ega bo’lmaganliklari;

O’zbek klasik adabiyotlari namunalari o’zbek xalqiga yetkazib berilmagani;

Taqriban bir asr Afg’onistonlik o’zbeklar, dunyo o’zbeklari ayniqsa O’zbekistonlik millatdoshlaridan ajralib yashaganliklari ve ular orasida umuman bordi keldi bo’lmagani, amu daryoning ikki tomonida yashab keladigan bir millatning bir biridan begona bo’lishlikka majbur etilishi; qolaversa bir birlarining tilini tushinmaydigan ahvolgacha ham olib kelganini sanab ko’rsatish mumkin. bu vazeiyatning yuzaga kelishiga:

daulat tomonidan bu tilga ahamiyat qaratilmagani;

Eng mo’himi o’zbeklar orasida o’z tillariga nisbatan masuliyatsizlik asosi sabab sanaladi.

Hozirgi kunda Afg’onistonda o’zbek tili ahvoli yaxshi emas. Afg’oniston o’zbeklari tilini begona tillar ta’siridan qutqarish ve rivojlantirish uchun jiddi sae’i – harakatlar amalga oshirilmagan taqdirda kelasi yillarda gluballashu jarayoni tezlashishi natijasida bu til ahvoli tobora yomonlashadi ve oxir oqibat o’zbek tili osiyoning bu qismida o’lish ehtimoli maujud.

Afg’onistonda o’zbek tili lahjalari

Afg’onistondagi o’zbek tili – lahjalarga boi. o’zbek tilining asosi lahjalari ya’ni qarluq, ug’uz ve qipchoq lahjalarini o’zbeklar yashaidigan hududlarda uchratamiz. qarluq lahjasida so’zlaydigan o’zbeklar Afg’oniston shimoli hududining aksariyat viloyatlari jumladan Badaxshon, Taxor, Qunduz, Balx, Juzjon, Sarpul, Foryob, Bodg’is ve Herotda yashaydilar. qipchoq lahjasida so’zlouchi o’zbeklar esa ko’pincha Quduz, Taxor, Samangon, qisman Balx, ve Sarpulda maujud. Shuningdek Jauzjon viloyati hamda Foryobning Andxui hududida ug’uz lahjasini qo’llaydigan o’zbeklar yerlik aholining bir qismini tashkil etadilar. Afg’oniston o’zbeklari hayot kechiradigan mintiqalarning ayrim joilarida bir qishloq bilan boshqa bir qishloq aholisi lahjalari aro tafouvtlar kuzatiladi. bu darvoqi’ mamlakat o’zbeklari aro lahjalar ko’pligi ve bu shevalarning saqlab qolinganidan darak beradi.

Har holda Afg’onistonda o’zbek lahjalari hali ochilmagan qo’riq. o’zbek xalqi dunyosining bu qismida til sohasida ilmi ish ve tekshiruv o’tkazilmagan. soha mutaxassislarining kechikmasdan bu borada amali qadamlar tashlamoqlari darkor.

Demokratik davrda o’zbek tili vazeiyati

Afg’onistonda tolibon hokimiyati 2001- yilda og’darildi. undan so’ng g’arb himoyati bilan vujudga kelgan demokratik tizim jamoa’da qator islohotlar keltirish uchun choralar ko’ra boshladi. 2003- yilda Afg’onistonning yangi asosi qonuni ishlab chiqildi ve kuchga kiritildi. ushbu qonun asosida mamlakat bo’ilab so’z erkinligi, ommavi axborot vositalarining erkin ravishda fa’oliyat olib borishlari uchun shart- sharoitlar muhayo etildi. ilk bor Afg’onistonda hayot kechiradigan turli elatlar jumladan o’zbeklar mamlakat aholisini tashkil etadigan millatning ajralmas bir qismi sifatida tan olingan edi. shuningdek o’zbek tili ko’pchilik o’zbeklar yashaydigan hududlarda daulat tili o’laroq rasman tan olingan edi. mamlakatda turli elatlar farzandlariga o’z ona tillarida ta’lim olish huquqi berildi, ommavi axborot vositalarida ham turli tillarda fa’oliyat olib borish huquqi kafolatlandi.

Xo’sh, bu sharoitdan o’zbek xalqi qandai foidalandi?

Mamlakat qonunlari asosida Afg’onistonlik o’zbeklar o’z tillarida ommavi axborort vositalaridan foidalanish, kitoblar nashr etish huquqiga ega bo’ldilar. biroq o’tgan o’n yil davomida bu to’g’rida talabga javob beraoladigan darajada ijobi ishlar amalga oshirilmadi desak mubolig’a bo’lmaydi. bunga turli omillar sabab. birinchidan malakali o’zbek yozuchilar ve jo’rnalistlar sonining o’ta ozligi, ikkinchidan Afg’onistonlik o’qimishli o’zbeklar ko’pchiligining o’zbekcha savodi yuqligi maujud vazeiyatning vujudga kelishiga sabab bo’lgan.

Ayni holda keying yillarda o’zbek tilida eshittirishlar beradigan radiolar hamda xabardasturlari ve turli ko’rsatuvlar yoiynlaydigan tilikanallar paydo bo’ldi bu orada egasi o’zbeklar bo’lgan radiolar ve tilikanallar ham bor. ayni holda o’zbek tilida tayorlanadiga ko’rsatuvlar ve eshittirishlarga vaqt ajratgan, asosan o’zbeklarga qarashli bo’lmagan ommavi axborot vositalari ham maujud. buning o’zi o’zbeklar ve o’zbek tilining Afg’oniston jamoa’sidagi ahamiyatini ko’rsatadi.

Ma’lumki ommavi axborot vositalari til ve adabiyot rivoji uchun mo’him ro’l o’inaydi. xo’sh, bu orada so’ngi yillarda Afg’onistonda o’zbek tili taraqqiyoti uchun media qancha ro’l o’inagan?

Bu savolga javob uncha ham ijobi emas. chunki Afg’onistonda o’tmishda o’zbek adabi muhitining yuqligi hamda malakali o’zbek adiblar, tilshinoslar ve jurnalistlar fa’oliyat olib bormagani ommavi axborot vositalariga ham oz vaqt ichida bu sohada kata xizmat qilishga imkon bermagan. o’zbek tilida xabar ve xilmaxil dasturlar beradigan radiolar ve tilikanallarda fa’oliyat olib boradigan o’zbek jurnalistlarning o’zbek tilida tayorlab taqdim etadigan xabarlar ve barnomalar tili biri biridan farq qilib turadi. so’ngi to’rt yil ichida o’zbek tilida yoiynlar bera boshlagan Oryoni tilikanalining o’zbekcha dasturlari tilini bir muncha o’zbek tili me’yorlariga mutobiq desa bo’ladi. afsuski masa’laning to’liq halli uchun mamlakatda har tomonlama fa’oliyat olib boradigan ilmi – madani markazlar ham maujud emas.

Bosma matbuot hamda o’zbek tilida ta’lif qilinib nashr etilgan kitoblar tili ham qoniqarli emas, ba’zi bir nashrlar ve kitoblar bundan mustasno. masa’lani shoshilinch bir shaklda hal etish uchun malakali ve tajribali o’zbek tilshinoslar ve adabiyotchilar ishtirokida o’zbek tili ve adabiyoti markazini tashkil etishga jiddi ehtiyoj bor. bu markaz Afg’oniston bo’ilab o’zbek matbuotiga yo’l yuriqlar ve ko’rsatmalar berib borishi kerak. ayni holda o’zbek tilida yoiynlanadigan ommavi axborot vositalari fa’oliyatini yaqindan kuzatib ularning xatolarini to’g’rilash uchun ilmi yig’inlar o’tkazishi zarur. shuningdek o’zbek jurnalistlarini muttasil ravishda o’rgatib borishga ehtiyoj seziladi. bunday bir mo’him loyhani o’zbek tili ve madaniyatini himoyat etadigan xalqaro tashkilotlar jumladan O’zbekiston daulati har bir jahatdan ayniqsa moliyavi tomondan ta’minlab turishi darkor.

Afg’oniston bilim yurtlari chorcho’basida fa’oliyat olib boradigan o’zbek tili ve adabiyoti departamintlarida ham malakali ustozlar soni ozligi ham maujud muammoning boshqa bir omili sanaladi. chunki ushbu departamintlarni bitirib chiqadigan talabalar o’zbek tilini ilmi ravishda o’rganaolmaydilar. ularning maktab davrida o’zbek tilida o’qitilmaganliklari ham oli ta’limot olish davrida malaka oshira olmasliklarining boshqa bir omili sanaladi.

Har holda so’ngi chog’larda Afg’onistonlik o’zbek yoshlar orasida o’z ona tillarida o’qish ve yozishga qiziqish darajasi ortib bormoqda. bu narsani ijtimoiy tarmoqlar ayniqsa face bookda kuzatish mumkin. biroq eslab o’tilgan mushkilni batamom hal etish uchun qo’shni O’zbekistonning uzoq muddatli yordamiga jiddi ehtiyoj seziladi. Ozbekiston daulati Afg’oniston bilim yurtlarida fa’oliyat olib boradigan o’zbek tili ve adabiyoti departamintlarini har tomonlama himoyat etishi zarur. O’zbek o’qituvchilarni o’zbek tili ve adabiyoti so’hasida O’zbekiston bilim dargohlarida o’qitish uchun zamin yaratish hamda O’zbekistonlik tilshinos ve adabiyotshinos ustozlarni Afg’oniston bilim yurtlarida dars berishlari lozim. ayni holda Afg’oniston ommavi axborot vositalarida yoiynlanadigan o’zbek tilidagi dasturlar – u- gazita ve jo’rnallar tilini me’yorilashtirish maqsadida ham O’zbekiston yordamiga zarurat bor.

Afg’oniston o’zbekchasi bilan O’zbekiston O’zbekchasi o’rtasida farq bormi?

O’tmishda amudaryoning ikki tomonida hayot kechiradigan o’zbekistonliklar ve Afg’oniston o’zbeklari tillarida farq bo’lmagan. chunki bu xalqlar orasida siyosi chegaralar ve ularni bir biridan ayiradigan devorlar yuq edi. ilk judolik sobiq savit ittifoqi tashkil etilishidan so’ng vujudga kelgan, Maskuva bilan Kobul amaldorlari amudaryoning ikki tomonidagi etnik o’zbeklar, tojiklar ve turkmanlarni bir biri bilan aloqada bo’lmasliklari mauzu’si ustida kelishib olganlar. ana shu maqsad uchun hatto Afg’on (Pashtun) hokimlar Pashtun qabilalardan bir qismini Afg’oniston janubidan ko’chirib, ularni amudaryoning so’l qirg’og’iga joilashtirganlar. yerlik aholi mol- milklarini tortib olib ularga tortiq qilganlar. shundan keiyn noqillarning janubi Turkistonga oqib kelishi kuchaya boshladi. bu majburi judolik Afg’oniston ve O’zbekiston o’zbeklarini bukunga qadar bir-birlaridan ajralib yashashlariga sabab bo’ldi. ikki xalq tilida paydo bo’lgan farqlarham ana shu masa’la ga borib taqaladi. O’zbekistonlik vatandoshlarimiz tiliga ruscha so’zlar, terminlar- u- iboralar kirib kelgan bo’lsa-da, Afg’oniston o’zbeklari tilida forscha ve arabcha so’zlar chuqur ta’sir qoldirdi.

Bugun ve etaga Afg’onistonlik O’zbeklar bilan dunyo o’zbeklari jumladan O’zbestonliklar tilidagi maujud farqlarni imkoni boricha o’قtadan olib ketish uchun muayan ishlarni amalga oshirish mumkin. U ham bo’lsa Afg’oniston ve O’zbekiston aro madani hamkorliklarni uzluksiz ravishda yo’lga qo’iysh orqali muyassar bo’laoladi.

Afg’onistonda tashkil etilish arafasida turgan o’zbek matbuoti bu to’g’rida mo’him ro’l o’inaoladi.

Bu yerda Turkiya Turkchasining Afg’oniston o’zbekchasiga o’tkazgan ta’siri ustida ham bir oz to’xtalsak. ma’lumki, so’ngi yillarda Afg’oniston ve Turkiya aro munosabatlar mustahkamlanmoqda. Turkiya daulati har yil yuzlab Afg’onistonlik talabalarni o’z bililm yurtlarida o’qishga qabul qiladi. ular orasida Afg’onistonlik o’zbek talabalar ham bor. Ilk bor 1993 yilda Turkiya daulati Afg’oniston shimol viloyatlaridan 500 kishi atrofida aksariyati o’zbek ve turkman bo’lgan o’quvchilarga Turkiya bilim yurtlarida tehsil olishlari uchun zamin yaratgan edi. ularning ma’lum qismi ayrim sohalarda tahsil olib Afg’onistonga qaytganlar. ayni holda bir qator Afg’onistonlik o’zbek oilalar Turkiya shaharlarida yashab, tijorat hamda boshqa ish-yumushlar bilan shugullanadilar. bu jarayon bir qator Afg’onistonlik o’qimishli o’zbek yoshlar tilining Turkiya tukchasidan ta’sirlanishiga olib kelgan. ushbu yoshlar o’zbekcha so’zlaganlarida ba’zan turkcha so’zlar ve iboralarni qo’llaydilar. gohida o’zaro turkcha so’zlashni ham ma’qul ko’radilar. shuningdek ular o’zbekcha so’zlaganlarida o’zbek tilini bu til qoidalari asosida gaplaydilar. bu narsani Afg’onistonlik o’zbek yoshlarning turk tilida tahsil olganliklarining ijobi bir ta’si sifatida baholash mumkin.

Afg’on- Turk lisylarining Afg’oniston poytaxti ve ayrim shaharlarida fa’oliyat olib borishi ham mamlakat yoshlari orasida turk tili nifuzini yoiyshga mo’him ro’l o’ynamoqda. mazkur lyisilarni bitirgan Afg’onistonliklar farzandlari bemalol turk tilida gaplashaoladilar. ve turklar bilan yaqin aloqa quradilar. endilikda turk tili Afg’onistonda keng quloch yoiyb, rivojlanmoqda. bu jarayon o’zbek tiliga chuqur ta’sirini o’tkazmay qo’imaydi.

Afg’oniston bilan O’zbekiston aro munosabat rasmi Kobul bilan Anqara o’rtasidagi munosabat darajasida mustahkam bo’lganda edi, mamlakatda o’zbek tilining maujud ayanchli ahvoli yaxshilanishiga umid qilsa bo’lardi.

Tahririyatdan: Olim Ko’hkan taniqli jurnalist, tadqiqotchi olimdir. U hozir Afg’onistonda o’zbek tilidagi oynaijahonda faoliyat ko’rsatmoqda.

(turonzamin.org).

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in 1.BOSH SAHIFA, 6.Turonzamin faryodlari. Bookmark the permalink.