ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (10)

Jahongir Muhammad

Jahongir Muhammad

O’NINCHI BOB

2003 yil

Birdan Karimovning ko’zi tinib, boshi aylanib ketdi. Keyingi kunlarda u o’zini holsiz sezar va do’xtiri bergan kuchlantiruvchi dorilaridan ham naf sezmayotgan edi. Avvaliga ichkilikdan deb o’yladi va bir ikki kun ichmay qo’ydi. Ammo majolsizlik tinmadi. Keyin nashaning ta’siri deb o’yladi. Uni ham kamaytirib ko’rdi. Bo’lmadi. Balki ko’p ishlayapman, deya bir necha kun ishga chiqmay, dala hovlida qoldi.

Birdan yodiga Stalinning do’xtirlardan shubaha qilgani tushdi. Balki bu gapda jon bordir? Agar bir gap bo’lmasa, nega bu qadar holsizman? Nega do’xtirlarim sababini topa olmayaptilar? Yoki bilsalar ham mendan yashirmoqdalarmi?

Mana endi yana boshi aylanib, ko’zi tinib ketdi. Xayriyatki, bu hol xalqning ko’z oldida yuz bermadi. Ammo mana bular sezib qolishdi. Hatto Almatov bilan Inoyatov ikki tomondan kelib qo’ltig’imga kirishdi. Balki bularning do’xtirlar bilan tili bir bo’lsa-chi?
Karimov holsizlanib yotar ekan, Almatovni chaqirtirdi.

-Hov bola, sandan boshqaga ishonmayman, buni bilasan! Do’xtirlar bilan gaplash, ular mendan nimanidir yashirmoqdalar. Agar rostdan ham shunday bo’lsa, onalarini ko’rsat!

Almatov Karimovning oqarib qolgan yuziga qarab ‚”xo’p‚” ishorasini qildi-da tashqariga chiqar ekan, Karimov o’zining asl ishongan odami bo’lmish Haydarovga: Continue reading