ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (9)

Jahongir Muhammad

Jahongir Muhammad

TO’QQIZINCHI BOB

1998 yilning oxiri

Yangi yil bayramidan bir kun oldin Mirtemirga Amerikada uzoq yillardan beri yashayotgan Chol telefon qildi. Mirtemir Amerikaga hali yaqinda kelgani uchun Cholni uncha yaxshi bilmas edi. Ammo hamma Chol haqida gapirardi. Hech kim uning nomini aytmas, hamma uni Chol der edi.
Kimdir uni har qanday ishni uddasidan chiqa oladi, desa yana kimdir har qanday odamga har qanday to’hmatni qilishdan qaytmaydi, juda ko’p odamni qon qaqshatgan der edi. Mirtemir uzoq yillardan beri muxolifatda. Turkiyada ekanligida O’zbekiston gazetalaridan birida Chol haqida tanqidiy maqola chiqdi. Shunda radiodan telefon qilib, Mirtemirdan mazkur maqolaga fikr so’rashdi. U bunday maqolalar qanday tayyorlanishi haqida gapirib berdi. Ko’p o’tmay Choldan minnatdorchilik maktubi oldi. Orqasidan esa Cholning Karimovga qarshi ish qilmagani haqida yozgan ochiq xatini o’qidi. Continue reading