ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (7)

Jahongir Muhammad

Jahongir Muhammad

YETTINCHI BOB

20 ASRNING OXIRI

Qoraboy aka bilan hech kimning ishi bo’lmay qo’ydi. U har kuni uch marta ovqat olib keladigan yigitdan boshqa hech kimni ko’rmaydi. Nonushtaga bir burda qora non bilan bir qog’oz qutida sovugan choy olib keladi. Tushlikka esa eskirib, mitalab ketgan guruch solingan butqa. Kechqurunga sho’r karamdan qilingan borshch. Uni ichsa kechasi bilan tashnasini bosolmay chiqadi. Chunki suv ham uning istagiga qarab emas, ularning istagiga qarab beriladi.
Ovqat va suv kamligi bir tomondan yaxshi deb o’yladi Qoraboy aka, aks holda xona bundan ham battar sasib ketardi. Ilgarilari bu yerga tergovchilar kelib turishgani uchun xona chetidagi axlat va najas qutisini har kuni olib chiqishga buyurishardi. Shu bahonada u ham kameradan chiqqan bo’lardi. Endi esa bu uch kunda yoki to’rt kunda bir marta. Continue reading