ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (5)

Jahongir Muhammad

Jahongir Muhammad

BESHINCHI BOB

20 ASRNING OXIRI

Nilufar o’ziga kelganda qayerda ekanligini bilolmay qoldi. Atrof zimiston, qo’lansa hid dimog’iga urilmoqda. Negadir ko’ngli aynib, ichidan bir narsa tomog’iga tiqilib kelmoqda. Nima gap? Tush ko’ryaptimi? U hech narsani tushuna olmadi. Butun vujudi xuddi qum solingan qoplarning ostida qolgan kabi qimirlamas holda edi. Ko’zlari achishgani bois ishqamoqchi bo’ldi, shundagina qo’llari orqasiga bog’lab qo’yilganini his qildi. Yuragi shuvillab ketdi. Birdan chaqmoqdek yalt etgan narsa uning xayollariga Rustamning siymosini mixladi.
Nilufar keyingi kunlarda qiyin vaziyatga tushib qolgandi. Ota-onasi ham Maxfirat xolaning gapiga qo’shilib, unga bosim o’tkaza boshladilar.
-Qiz bola vaqti yetganda erga tegishi kerak, keyin kech bo’ladi,-derdi onasi.
Otasi ham faqat to’yga tayyorgarlik haqida gapira boshlagandi. U esa Rustam haqida o’ylardi. Rustam nimasi bilandir uning yuragiga kirib borgandi. Ammo Rustamni hali to’la bilmayotgani, uning fe’lidagi og’irlik, kichik narsalarga ham jiddiy e’tibor bilan qarashi, xushchaqchaq emasligi va boshqa narsalar ham unga tinchlik bermasdi. Ammo qandaydir ta’sir kuchi bor edi. Continue reading