ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (4)

assaTO’RTINCHI BOB

20 ASRNING OXIRI

Hamidxon Qoraboy akani ko’ndirganidan mamnun edi. Endi Otabekni ham sindirsam “ish bitdi” deb o’ylayotgan edi. Zotan ertaga ertalabki reysda Toshkentga uchishi kerak, uni Bosh prokuror Bo’ritosh Mustafoyevning o’zi chaqirgan. Qaynotasining aytishi bo’yicha Prezident bilan ham uchrashib qolishi mumkin. Shu bois ko’nglida qilayotgan ishidan iftixor tuyayotgan edi.
Hamidxon juda kambag’al oilada tug’ildi. Ular uch aka-uka edilar. U o’rtancha o’g’il edi. Akasi va ukasi novcha, kuchli, ammo u semiz va zaif edi. Otasi xuddi xo’roz urishtirgan kabi ularni doim kurashga tushirardi. U akasidan ham, ukasidan juda oson yengilar edi. Ular uni gursillatib yiqitib, ustiga minib olishar va “bir qop qum, gum-gum-gum!” deb mazax qilishar edi. U har qancha kurash tushishdan qochsa ham, otasi baribir uni chaqirar va yiqilganda uning ustidan kulardi. Keyin;
-San hech odam bo’lmaysan, akangga qara, yoki ukangdan o’rgansang o’lasanmi?-derdi. Continue reading