ASSASSIN. Tarixiy-zamonaviy roman (1)

Jahongir Muhammad

Jahongir Muhammad

BIRINCHI BOB

20 ASRNING OXIRI

Rustam Abdusoli qorining javoblaridan qoniqmadi va savolini qayta yozib, o’tirganlar orqali unga yo’lladi. Qori odati bo’yicha darsdan keyin sahobalardan birining hayoti haqida hikoya qilar va vaqt qolsa, savollarga javob berardi. U Rustamning savolini o’qidi:
“Agar Olloh hamma narsani ko’rib turgan bo’lsa, bechoralarning qonini ichayotgan militsiyani nega jazolamaydi?”
Abdusoli qorining yuzi tunlashdi. Ammo jahli chiqqanini bildirmadi. U sal narsaga qizib ketmaydigan, zakovatli odam o’lsada bu safar jahlini yashirmadi:
-Bu savol kecha ham berilgan edi. Ovoz chiqarib o’qimagandim. Oldingi kun ham berilgandi va unda ham o’qimasdan javob bilan kifoyalangandim. Takror aytaman. Alloh zulmni harom qilgan va bu haqda payg’ambarimiz(s.a.v.) orqali bizga yetib kelgan hadislar bor. Continue reading

Сатира

ПУЛНОРА

Куни кеча Швейцариянинг «Schweiz -2» телеканалида “Инсон ва қонун” эшиттиришини навбатдаги сони эфирга узатилди. Эшиттиришни хар доимгидек таниқли собиқ прокурор Дель Понти хоним олиб борди.

Хурматли томошабинлар, -эшиттиришни бошлади бошловчи,- ўтган йил август ойида Швейцария банкларининг бирида икки ўзбек йигити хибсга олинганидан бери кеча мамлакатимизда яна бир жиноят содир этилди. Continue reading