Yusuf Juma. Mustabid rejimi muxolifati vakillariga ochiq xat
Albatta u mutakabirlarni sevmac!
Hajr surasi, 23 oyat
Yer yuzida kibrlanib yurmagin!Al-irso surasi, 37 oyat Qur’oni Karim
Assalomu alaykum!
O’zimni haq demoqchi emasman, Sizlarni nohaq demoqchi emasman.!
Bas!
Nuqta qo’ydim!
Yurtu el jahannam tubida!
G’anim shu qadar ko’p va qudratliki, biri birimizga tish qayrab yurishimiz noo’rin. Go’yo o’ylariga o’t tushgan aka ukalar o’tni o’chirish o’rniga bir birlariga tashlanganday.
Navosiz elning navo baxshi bo’l!
Navoiy yomon bo’lsa sen yaxshi bo’l!
Bas, hazrat aytganlaridek Yusuf yomon bo’lsa Sizlar yaxshi bo’ling. Zindonlardagi cheksiz qiynoqlaru, ayrim achchiq haqiqatlar g’azabimni toshirdi.
Hammangdan uzr so’rayman.
Kelinglar, barchamiz birlashaylik.
Talon bo’ldi Turkiston
Muborak yerigacha.
Humoyun Sohibqiron
Pir Temur go’rigacha.
Birlashinglar Turonning
Kunidan qo’rigacha
Birlashing Turkistonning
Mo’ridan sherigacha.
Bir saf bo’ling, bir lashkar,
Har jon bo’lsin bir askar.
O’g’izxon ruhi sarvar
Temurxon ruhi rahbar.
Najot bor harakatda
Qanot bor harakatda.
Turkiston bor, qasos bor
Hayot bor harakatda.
Birlashinglar Turonning
Kunidan qo’rigacha
Birlashing Turkistonning
Mo’ridan sherigacha.
Turon ozod bo’lmasa
Inson ozod bo’lmaydi.
Turon obod bo’lmasa
Johon obod bo’lmaydi.
Turkiston tiklanmasa
Tiklanmaydi adolat
Turkiston ko’klanmasa
Ko’klanmaydi diyonat.
Birlashinglar Turonning
Kunidan qo’rigacha
Birlashing Turkistonning
Mo’ridan sherigacha.
O’zimiz zo’r bo’lmasak
Bizni zor qiladilar.
O’zimiz hur bo’lmasak
Bizni xor qiladilar.
Birlashing ajdodlarning
Ruhidan pirigacha
Hazrati O’g’izxondan
Hazrat Temurigacha.
Birlashinglar Turonning
Kunidan qo’rigacha
Birlashing Turkistonning
Mo’ridan sherigacha!
Barcha bitta tashkilotga birlashing demayman, biringning tashkilotingni aytsam ikkinching dod deysiz, har kimning ixtiyori. Faqat Haqgina Haq yo’lida – mening yo’limda birlashing deyishga haqli. Faqat haq so’zida noo’rini yo’q, bizning ko’p so’zimiz noo’rin. Lekin birlashish yo’lida takliflarim bor. Hozirlikcha birinchi qadam sifatida ikkitasinigina aytaman.
Birinchisi:
Quyidagi xatga imzo cheking:
Qirg’iziston Prezidenti va Qirg’iziston ziyolilariga murojaatnoma
Hurmatli qardoshlar!
Qirg’izlar birinchi gal o’zbeklarni qirganda rahmatlik Chingiz Aytmatov hayot edilar. Fojeadan xabar topib o’kirib yig’lagan ekanlar. Yaqinda yuz bergan fojealardan ruhlari chirqirayotganiga shubhamiz yo’q. ulug’larni yiglatgan, ruhini chirqiratgan millat zavoli muqarrar!
Bizning xalqimiz bunday fojealarning ko’pini ko’rgan, ko’p bor halokat yoqasiga kelgan, lekin o’nglangan, jahongirlik qilgan ilmda ham, hikmatda ham, qudratda ham!
O’g’izxondan Amir Temurgacha sanamaylik, bitta Al Xorazmiyni oling. Uning ilmi bilan insoniyat bugungi taraqqiyotga erishdi. To abad uning ilmi odamzot yo’lini yoritadi. Osmonda quyosh bo’lsa yerda Al Xorazmiy! Quyosh faqat kunduz yoritsa bu daho tunda ham jahonni yorug’ qiladi.
Bir dahosida shunday qudrati bo’lgan el o’lib ketmaydi. Toabad dayus, xoin, millat va yurt dushmani Islom Karimov dastida qolib ketmaydi. Bu el yana tiriladi. Do’st bilan ham, dushman bilan ham hisob kitob qiladi. Do’stning do’stligini, g’animning g’animligini unutmaydi.
Dunyo dunyo bo’lgandan to kechagi kunlargacha barcha millatga bag’rini ochdi. Qanchadan qancha ellar shu xalq soyasida o’sib undi. Bukun dunyoga sigmay qoldi.
Elimiz boshiga tushgan qora kunlarda o’z tug’ishganlarimiz qirg’izlarning fashist qismi dushmandan tubanroq qirg’in o’tkazdi. Hamon tish qayramoqda.
O’zbek bilan nimani talashyapsiz?!
Yernimi?!
O’zbekdan o’z yerini qizg’anib, azaliy dushman Xitoyga yer berayapsizlar!
Bu xiyonatku!
Turkistonga xiyonat!
Vatanga xiyonat!
O’zbekka tish qayraguncha bu haqiqatni anglasangizchi!
Ko’zingizni oching!
Ertadir, indindir, yuz yildan so’ng bo’lsa ham adolat o’rnatiladi.
Nahotki, oralaringizdan chiqqan fashistlarni tiyib qo’yaolmaysizlar.
Jimoyatchilarni jozalab elni to’g’ri yo’lga boshlanglar.
Kultegin bitiklarida “”Qirg’izlarni tunda bosdik deb bitilgan.
Bunday holning takrorlanmasligi uchun aql idrokni ishga soling.
Buyuk Chingiz og’aning ruhini chirqiratmang!
Yusuf JUma
Yerga urding boshimni falak
G’amda o’tdi umrning ko’pi.
Bosh kiyimim emasdir telpak
Bosh kiyimim emasdir do’ppi.
Xor aylading nomard kajraftor
Ol telpakni, ol do’ppini, yoq.
Bosh kiyimim qayoqda g’addor
Kun boshimni aylama tuproq.
Men shahzoda yigitman axir
Emasdirman sallaga muhtoj.
Nega meni etasan tahqir
Qani mening bosh kiyimim—Toj?!
Axir menman O’g’izxonzoda
Axir kimsan Temurzodaman.
Taxtda emas qoldim piyoda
Pirlar bilan bitta shodaman.
Podsho elni qul etding nechun?
Quzg’unlarda bo’ston gullarim.
Nechun etar halqimni qirg’in
Ozod etgan ulton qullarim?!
Jahongirdir barcha ajdodim
Zamin bizga sen to’lagan boj.
Yetti ko’kni yiqadi dodim:
Qani mening bosh kiyimim — toj?!
Toki ekan buyuk boshim xor
Haqning yo’li topmaydi rivoj.
Johon taxti oyog’imga zor,
Qani milliy bosh kiyimim – toj?!
Ehtimol qo’shimcha qo’sharsiz, balki boshqatdan yozarsiz, lekin shunday xat bitilib barcha imzo qo’ysa qudratli bo’ladi. Boshqa masalalarda ham shunday yo’l tutmoq lozim. Masalan Buyuk Mamadali Mahmudov ozodligi uchun kurashda
Buyuk Abdulla Qodiriy “O’tkan kunlar”da yozganidek bir kishining harakati bir kishilikcha xolos!
Ikkinchi taklifim:
Bitta sayt ochib barcha muxolifat vakillari so’z kuchini birlashtirishlari lozim. Ko’p mablag’ talab qilinmaydi. Jahongir Muhammad va To’lqin Qorayevga o’xshagan haqiqiy muxolif jurnalistlardan iltimos qilinsa boshqarib boradi. Zinhor SNB bachcha jurnalistni yaqinlashtirmaslik lozim. Oldi qochdini, fisqu fasodni yig’nashtirib Vatan va xalq qayg’usidagi qudratli saytga aylantirish kerak. Ehtimol biyobonni obod qilmoqchi shabnamlardirmiz, shabnam bir tomchi bo’lsa ham ko’proq tushsin.
Saytda Abdurahim Po’lat ham,
Muhammad Solih ham,
Tolib Yoqub ham,
Jahongir Muhammad ham,
Bahodir Chori ham,
Buyuk Dadaxon Hasan ham, barcha barcha yurtu el qayg’usida so’z aytsa sayt qudratli bo’ladi, xalqimiz ruhini ko’taradi. Mustabid rejimining tinchini buzadi. Dunyo ham o’zbek muxolifati bir birini yeb yotibdi degan malomatni qilolmaydi.
Bu mushkul ish emas.
Munosabatlaringizni kutamanQarshi chiqqanlarni birlashish dushmani deb bilaman. .. o’ylab ko’raman. Keyin mendan xafa bo’lishga hech kimda hech qanday imkoniyat qolmaydi.
Bolam, nomardga ham bo’lmagin nomard
Olishsang olishgin Yaguardek mard.
Er yo’lidan kechsang kechaman sendan
Onangni etaman tag’in ikkiqat!
Barchangizni o’zimizning yangi yil—navro’z bayrami bilan tabriklayman. O’ylaymanki, barcha o’tgan xatolar uchun bir biridan kechirim so’rab bir birlariga qo’l berishga iroda topa oladilar. Bu dayus islom Nokarimga navro’z sovg’asi bo’lsin. O’tgan fojealarga aza ochgandan yangi fojealar oldini olish muhim. Azadan kurash afzal!
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, Uzbek |