“Turonzamin” pochtasidan

Prezidentlik saylovlari nega 2015 yilga ko’chirildi?

2012 yilning martida parlamentning yuqori palatasi prezidentlik saylovlari sanasini 2014 dekabrdan 2015 yilning birinchi yarmiga ko’chirdi. Maqsad nima?

Har galgidek Karimov bir o’q bilan ikki quyonni urmoqchi. Ma’lumki AQSH va NATO kuchlari 2014 yil so’ngiga qadar Afg’onistonni tark etish va qurol-yarog’u harbiy aslahalarni atrofdagi davlatlarga sadaqa qilib yuborish rejasida, albatta o’sha davlatlarning hududlaridan “koridor” sifatida foydalanish evaziga. IAK saylovlarni 2014 dekabrida o’tkazib dunyo jamoatchilichigi ko’z o’ngida yana o’zini saylab olib harbiy qurollarni tekinga olish imkonini tavakkal qilmoqchi emas. IAKning maqsadi birinchi navbatda bu zamonaviy qurollarni qo’lga kiritsh va o’z harbiy istehkomini mustahkamlash. Sadaqa bo’lsa ham bu qurollar bir vaqtning o’zida oltita Andijonga javob bera oladi. Qarabsizki ishlar besh. Shundan so’ng eson omon 2015 yilning ko’klamiga yetib olsak marra bizniki. Prezidentlikka nomzodlar orasida yana IAKning tirjayib turganini ko’ramiz.

Homtama bo’lmang 2015 yilda Googoosha, Azimov yoki Mirziyoyevlarni ehtimoliy poshsholarimizdan deb.

Yana bir gap, NATO va AQSH kuchlarini olib chiqish kechiktirlsa, bizdagi prezidentlik saylovlarining sanasi ortga surilishini kutavering.

Hullas, shunchaki o’zgarishlarni kutmang. O’zgarishlar emas, o’zgartirishilar haqida o’ylashdan boshqa choramiz yo’q.

Tohir Jo’shqin.

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in 1.BOSH SAHIFA, Uzbek. Bookmark the permalink.