“Turonzamin” pochtasidan

“Yana bir bor sochim mayda o’ring otam

Har bir inson otasidan qarzdor, ammo Gulnora bu borada qarzlar girdobida.

Otasi oldida tiz cho’kib bosh egish kerakki, Rossiyaning sovug’ida ish izlab yurmadi, qaytangi qimmatbaho kvartirasi bor u tomonlarda.

Yoshlar minglab dollar qarz olib student vizasini olish umidida Yevropa tomon intilsa, Gulnora diplomatik pasport bilan Parij-Jeneva, Madrid-Moskva tomonlarda yallo qilib yurdi.

O’zbek qizlari ro’zg’or uchun Dubai-Taylandlarda ne-ne ishlarga majburlansa, bu honim model qizlari bilan yurtma-yurt yurib kiyimlarini ko’z-ko’z qildi. Otasi uchun kuylamasdan yana kim uchun kuylasin.

Gulnora hech kim ko’rmgan mehr-muruvvatni ko’rdi va u shunga yarasha minnatdorchilik bildirdi. Nonko’rlik qilmadi.

Qo’shiqning bir qatori g’alatiroq tuyuldi.

Yana bir bor sochim mayda o’ring otam.

Hech kim biror otaning o’z qizi sochlarini o’rib qo’yganini ko’rganmi? Bu normal holatmi?
Mayli bu yerda nima demoqchi bo’lganini keyingi qo’shiqlaridan tushunib olarmiz.

Gulnorada hayo bor ekan, otasidan uyaldi va otasi tirik cho’gida xalq odida minnatdorchilik bildirib oldi. Yegan og’iz uyalar deyishadku. Ammo Gulnora yemoqning qusmog’i ham borgini bilarmikin?

Tohir Jo’shqin

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in 1.BOSH SAHIFA, Uzbek. Bookmark the permalink.