“Turonzamin” pochtasidan

Yulduzning yulduzli onlari qaytadimi?

So’ngi paytarda Yulduz Usmonovaning yana sahnaga qaytishi haqida gaplar urchidi. Bir kam 50 yoshli qo’shiqchi Toshkentda kichikroq zalda muxlislar va jurnalistlar bilan yuzlashdi. Bu marosim uning sahnaga qaytishining bir signali sifatida talqin qilinsa, uning tug’ilgan kunida Googooshaning tabrik yuborishi esa bu faraz haqiqatga yaqin degan tasavvurni beradi.

Yaqin tarixni yodga olsak, “zapret”ga tushganlar avf etilgani kuzatilmagan. Eng yorqin misol Sherali Jo’raev. 2000 yillar “Yoshlar” radiosidan uzr ohangida aytilgan so’zlar bilan “Egasiz Afg’onistonda nimalar bo’layotganini ko’rib turibmiz” degandi. Ko’p o’tmay “Egasi bor yurtning ertasi bordur” qo’shig’ini kuyladi. Foydasi bo’lmadi. Sherali va Yulduz yuki og’ir shaxslardan. Mayda-chuyda baliqchalar emaski, yana sho’xlik qilsa tutib olib bira to’la dudlab yuborilsa. Bu shaxslarning muxlislar auditoriyasi juda keng.

Muxlislar bilan so’ngi uchrashuvida Yulduzning O’zbekiston bayrog’iga o’ranib olgani ham yordam berishi mushkul. “Oqsoqol”ning rasmi tushirigan futbolka kiyib, unga madhiya kuylash ham yordam bermaydi, zero “oqsoqol” qora ro’yxatga tirkalganlarni kechirmagan.

Kim biladi deysiz. Agar Yulduz kechirilsa, biz muhim o’zgarishlarni kutishimiz mumkin….

Tohir Jo’shqin

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in Uzbek. Bookmark the permalink.