Azizbek

Do’stlaring motam aro….

To bo’lmasang bir tanu jon qaro kunlar boshingdadir,
Jahannam timsoli bo’lgan qaro tunlar qoshingdadir,
Shahidlarga bo’lgan mehring ko’zlardagi yoshingdadir
Qutliq qonlar mazori har bir tog’u -toshingdadir
Do’stlaring motam aro, dushmaning oshindadir .

Yovga hargiz bermagil yon, rangu-ruying somon bo’lmas
Senga qarshi turganlarda vijdon bo’lmas, iymon bo’lmas
Zafarsiz qaytma endi senga tinchlik omon bo’lmas
Zog’ uvlagan lona, bulbulga oshiyon bo’lmas
Lashkaring gar qo’ysa qadam, saroyda mezbon bo’lmas.

Mulhidni mahu etishda jazmi dildan paymon qil
Sindrib kishanlarni,dushmanni parishon qil
Nam didalarni,gamgin dillarni shodimon qil
Vatanim gulxanida guzal bogu-buston qil
Gurbatni tark aylab, sayri chamaniston qil

Nega endi mazlumlar muncha qilsin ohu -dod
Jallodlarning xanjaridan sinalar bulsin barbod
Butun millat qalbidan yangraydi xashim, faryod
Bobolarining ruhini parvordigor etsin shod
Panjara ortidan ham bir kun bulursan ozod.

(Afg’oniston).

%d bloggers like this: