Yoshlar yoshlar haqida

JASUR: ”Men borman!”

Shunday paytlar bo’lganki,  o’zimni noqulay sezganman

Har bir oliy o’quv yurtida, har bir guruhda 30 ta bola bo’lsa, 8 tasi ko’chadan (har narsani kuch bilan hal qila oladigan – mafiya, diskoteka, aroq, sigaret va qizlar) dan boshqa qiziqishi yo’q. Yana 3 tasi bilimga, va yana 2 tasi u yoq ham bu yoq ham va qolgan 3 tasi hech narsaga qiziqmaydi, kelib ketish, pul topish!!! Endi qizlar: 8 ta qiz yaxshi kiyinib, doim o’ta e’tiborda bo’lish, qolgan 4 tasi bilimga, qolgan 3 tasi tezroq erga tegib ketishga!..

O’zbekiston yoshlari haqida mandan 4 yil oldin so’ralganda:

-“Qo’rqmasdan, ikkilanmasdan hech qaysi boshqa millat vakillaridan aql, farosat, intilish, bilimga chanqoqlik, hurmat, birinchi bo’lishga intilish…kabi jihatlarga nisbatan kam joyi yo’q, deyarli barchasini kelajak va buguniga aniq va ravon maqsadi bor (Nobel, Oscar, Tefi, Sir kabi… dunyoni eng unvonlarini olish nazarda tutilgan) deb aytgan bo’lardim”.) U paytda endi yopilgan O’zbek Turk litseyi 4 sinfiga o’tgandim va Avgust oyida Turkiyaga ketish biletim ham qo’limda edi, afsus keta olmadik!.

Shunday paytlar bo’lganki, juda ko’p o’ziga yarasha aqlli bola va qizlar orasida o’zimni noqulay sezganman, ularga yetish uchun juda ko’p o’qishim kerak deb o’ylardim. Man 15-16 yoshda bo’lgan paytlarimda pul faqat yashashga bo’lsa bo’ldi edi! Aynan shu savol 2 yil oldin berilganda:

-“Birinchi juda o’ylangan bo’lar edim, lekin man juda kam hollarda o’ylanaman, tabiatdan hozirjavobman. Bir qarashda, umumiy holat yaxshi, hammasi bo’lmasa ham 78-80 foyizi yaxshi. Yoshlar o’sha-o’sha intiluvchan, bir narsa o’rganish dardida lekin haqiqiy intilish 90 tadan 8 tasi bo’lsa kerak” degan bo’lardim.

Englardan yeng ham qolmadi

Shaxsan aminiman, Toshkentda o’qiganimda, har bir oliy o’quv yurti, har bir guruhda 30 ta bola bo’lsa 8 tasi ko’chadan (har narsani kuch bilan hal qila oladigan – mafiya, diskoteka, aroq, sigaret va qizlar) dan boshqa qiziqishi yo’q. Yana 3 tasi bilimga, va yana 2 tasi u yoq ham bu yoq ham va qolgan 3 tasi hech narsaga qiziqmaydi, kelib ketish, pul topish!!! Endi qizlar: 8 ta qiz yaxshi kiyinib, doim o’ta e’tiborda bo’lish, qolgan 4 tasi bilimga, qolgan 3 tasi tezroq erga tegib ketishga! Yuqorida sanalgan guruhlar ishida shaxsan bo’lganman. Bazida bularni ko’rib nahot barchasi shunday bo’lishi kerak, demak shuncha olgan bilimim, oldimga qo’ygan maqsadlarim hech narsa emas ekanda deb o’ylab qolardim. Bu hammasi atrofimdagi yoshlarni ko’rib, vaholanki O’zbekistonni eng litseylaridan birida tahsil olardim u zamon.

Endi aynan shu savolga bugungu kingi javobim:

-“Butun O’zbekistonda 6.5 million yoshlar uchun bir narsa yetishmayotganday tuyuladi. Juda ham kuchli guruhlashish boshlangan, to’g’ri oldin ham bo’lgan guruhlashish lekin hozirgi guruhlashish kamdan-kam holatda yaxshi maqsadda. Bilim olishga qiziqish juda ham pastga tushgan, katta maqsadlar, oddiy professor bo’lish 1000 tadan 10 kishida bo’lsa ham katta gap! 98.5 foizi pul uchun barcha narsaga tayyor, to’g’ri pul kerak lekin…”

Butun O’zbekistondagi 9672 ta o’rta maktablarning 100 tasi ham normal standartga javob bera olmasa kerak deb o’ylayman (sal kam 1000 ga yaqin maktabda shaxsan bo’lganman.) Bu yerdan chiqadigan yoshlar… Shu qadar bo’lishda yoshlarni o’zida ko’proq ayb bo’lsa kerak! Irodasizlik, Ishonch singan, ma’nan bosimga yo’l qo’yilgan…

Bir yil institutga kira olmadimi 75% boshqa harakat qilmaydi. Ishlashga tushadi, hujjatsiz, salkam qora ish. Pul topadi, albatta ota-onasini qiynalayotganini ko’rib qaysi o’zbek bolasi qarab turadi, yordam berishga tushadi va o’qish, bilim olish to’xtab qoladi. Lekin barcha juda yaxshi biladi O’zbekistonda oliy o’quv yurtiga kirish 500 QASH dollaridan 30 000 mingacha ekanligini-yu kimlar kirib o’qiyotganini.

Toshkentdagi 30 ta oliy o’quv yurtida ochiq poraxo’rlik, yana ayb yoshlarda… isbot: bir o’rtog’im oldimga keldi, yaxshi joyda o’qiydi, aytdiki bir domla bor, juda yomon, fanini bilsang ham pul berish kerak, dedi. Aynan shu o’quv yurtidan yana bir do’stim keldi, aytdiki: bir domla bor, juda yomon, pul olmaydi, dedi, darig’!!!.

Ma’lumot barrikadasi

Din haqida gapirmasam ham bo’ladi. Umuman barchani maqsadi bugun pul topib, yaxshi eb, yahshi kiyinib, yaxshi yashash bo’lib qoldi, erta haqida hech kim o’ylamay qo’ydi. O’zlikni anglash kabi tushincha afsona!!!.

Bilim olish, nom qoldirish haqida juda kam insonlar o’ylamoqda. Qisqasi davlat tomonidan ochiqmi, yopiqmi o’rnatilgan ma’lumot barrikadasi o’z mahsulini oshig’i bilan bermoqda, hamma vakum ichida kabi, tashqarida nima gap, nima so’z farqi yo’q, yoki…bilmadim,.!

Ma’lumot barrikadasini yorib o’tgan besh-olti bola ikkinchi etap, zahira variant O’zbekistonni haqiqiy mafiyasi – melitsiyaga duch keladi u ham o’z vazifasini a’lo bajarmoqda. O’ta aqlli, bilimlimisan bir marta ularni qo’liga tushib, bir kecha kamerada yotgan bola to’g’ri harakatni ham o’ylab qiladigan bo’lib qoladi. Man ham o’ta bolalar ro’yxatiga kirib, peshonamga pistolet taqalib, 3 kechadan yotdim ikki marta. Haqiqatni gapira olish u yoqda tursin yurish esimdan chiqib qoldi…! Shu darajaga yetib kelishu, boshqa davlatlarga borib (Rossiya ,Qozog’iston va Koreya) qullik qilishimizga 10…100 balki 500 odam sababchi bo’lganiga ishonish juda qiyin!.

Man birovga yomonlik-o’lim tilash gunohligini yaxshi bilaman, rahmtali bo’lsalar ham katta shayxni nevarasi, juda aziz joyda ulg’ayganman, har holda. Lekin shu voqea-hodisalarni sababchisi bo’lgan ul insonlarga har kuni kamida 10 marta dilimda o’lim tilayman, ular bo’lmaganida man hozir o’z vatanimga yordamim tegayotgan bo’larmidi. Ular borligida O’zbekistonda qancha ish qildimu yo’q bo’lishsa bilmadim!!!

Ha, O’zbekiston yoshlari, juda kuchli – har yeri zaif, juda ko’p – lek yoruqda topilmay qolmoqda. “Oldingda oqqan ariqni suvi yo’q bo’lsa…”

Manga bir o’rtog’im:

-“Demokratiya bu qafasdagi qushni erkin sayrashi emas, SSSR paytida bizning qafas usti yopiq edi, mustaqil bo’ldik, bu yopqish olindi, lek qafas ochilmadi, ammo DEMOKRATIYA deb bong urilmoqda.” degan gapni yarmini aytgandi.

Shunday gaplar…

Oshirib yuborayotgandirman?

Balki man oshirib yuborayotgandirman, shunday bo’lsa o’zim ham xursand bo’lardim. Oliy o’quv yurtlarini oshirdimmi??? 3 ta litsey qizil diplomi, kompyuter tehnologiyalari bo’lyicha jahon olimpiadasi 2 o’qin sohibi, Inson huquqlari, bola huquqlari, Parlament va Karl Popper debat dasturlari, OITS/OITV/JAYBYI (Jinsiy aloqa yo’li bilan yuquvchi infektsiyalar), giyohvandlikni oldini olish bo’yicha halqaro va regional trener sertifikatlari va 4 yillik tajriba, sardorlik, tashkilotchilik, ijtimoiy psixologiya, jamoa tashkil etish bo’yicha 300 dan oshiq seminar-treninglar va qo’llammalar muallifi, 4 ta to’la til, eng tashkilotlarning ko’ngillilar guruhi a’zosi va juda ko’p boshqa qog’ozda tasdiqlanmagan qilingan ishlar, egallangan marralarim bo’lib turib 3 yil ketma-ket oliy o’quv yurtiga kira olmadimku!!! Lekin do’stlarim kirdi birinchi yildayoq!.Bir do’stim haqida keyinroq yozib o’taman.

Din haqida oshirdimmi??? Dinga aralashgan har bir odam yoki “vahobiy”, yoki “hezbut tahrir” a’zosi sifatida yoki qamoqda yoki davlatdan qochgan!

Mafiya – melitsiya haqida oshirdimmi??? Telefon qiling bitta boshqa viloyatlik inson Toshkentga kelib 2 kun ko’chada yursin, keyin so’raysiz, undan,.!

Bir do’stim bor Ozbekistonda mana – man degan odamlardan birining o’g’li, qiladigan ishi mashina almashtirish, har kuni diskotekaga borish, aroq, sigaret, qizlar umuman hamma eng narsalar, birinchi yiliyoq eng institutga kirgan hali ham o’qimoqda biror marta birinchi paraga borganini ko’rmaganman. Bir oy bir uyda turdik, 2 yil ichida qilmagan ishlarimni qildim. Melitsiya do’pposlashdan tortib… chorvoqqa odam tashlashgacha, Shu, endi,. Balki man nasihat qilishga yoshlik qilarman, lekin bu nasihat emas, bu oddiy yuragimdagi ohlar:

-“Uka-singil, aka-opalar – biz O’ZBEKMIZ tomirimiz qancha uzoqqa borib taqalishi haligacha aniq emas, 300-500 yil oldin paydo bo’lgan davlatlardan birida 1 oydan beri yashayapman, 2 yil harakat evaziga! Havas uchun ketmadim, manda tegadigan foyda yurtim uchun bo’lsa ko’nglim tinchroq bo’lardi, lek u yoqda hech narsa qila olmadim.

Hozir yashayotgan davlatim insonlarini ko’rib, yashashini ko’rib, imkoniyatlarni ko’rib biz bulardan 10-100 barobar kuchli bo’lishimiz kerak, nega 1000 barobar kuchsiz bo’lib qoldik degan savolga 1 oydirki javob topa olmayapman.

Yoshlar “Biz – kelajak emasmiz, Biz – bugungi kunmiz”. Bizdan oldingilar bizni o’ylashmadi, o’ylaganlar ham hech narsa qila olmadilar, biz o’zimizdan keyingilarni o’ylamasligimiz, yo’q bo’lishga tayyormiz, degani emasmi?

Biz ham ko’ramiz, nasib qilsa, o’sha yaxshi kunlarni. Faqat bir bo’laylik, bir nafas fikr – xayolimiz bir bo’lsin shuni o’zi katta narsa bo’ladi. Chetga bizni boqaman, kiyintiraman, o’qitaman ,deb ketgan ota-ona, aka-uka, opa-singil, amaki-xolalarimizga rahmimiz kelsin. Ular havasga issiq-sovuq joylarga ketdilarmi?

Vatanga qayta olmasdan, sarson bo’lgan vatandoshlarni, xalqini, o’zbeklarni ertasini o’zidan ham ko’p o’ylayotgan o’sha vatan farzandlari -sizning ko’magingizni sezsin (Shunday bolalardan biri manga yordam berdi, shu bilan birgaman), uzoqlarda armonda o’lib ketmasin!

Buning uchun qo’lingizga qurol olishingiz, yoda birovga tosh otishingiz shart emas, faqat siz ham o’z xalqingiz, yaxshi ertasini o’ylang, shu orzuingiz bo’lsin, o’zingiz boy bo’lib Salim yoki Islom bo’lishlik emas, balki barchamiz yaxshi hayotda yashashimizni o’ylang! Shuni o’zi yetadi, ishoning! Hamma narsa o’tadi, yomonlikni yaxshilik bilan tugashi insonni o’zigagina bog’liq, xolos! :

-“Qo’lingizdagi soatga qarang, bir soniya o’tdimi? shu soniyaga hozir pul bersangiz ham qaytib kelmaydi, uni qaytara olmaysiz!!! shunday bo’lib birini “ha, mayli…” ikkinchisini, “bir soniya xolosku…” uchinchisini “o’tdida”…, to’rtinchisini… o’tkazib yuborsak, axir bir necha million soniyalar bizning hayotimizni tashkil etadi-ku, o’tgan soniya boshqaning hayotidan emas, o’zimizning hayitomizdanku! Behuda sarf qilmaylik hayotni!

Ertani o’ylab, bugun bilan yashaylik, otar tong bizni kutmaydi, quyosh chiqish uchun bizdan izin so’ramaydi, cho’kayotsak xasga ham yopishamiz, sutga kuysak, qatiqni ham puflab ichamiz, bir qinga ikki pichoq sig’maydi, devorni sursak xona kengaymaydi, lekin hoxlamayotganimiz uchun qila olmayapmiz, eng katta kuch bilan qilib bo’lmaydigan ishni bir to’g’ri amal bilan hal qilishimiz mumkin.

Istagan narsamiz, istalgan paytda bo’lmaydi, lekin biz 3 ming yillik, XXI asrda bajaradigan ishlarmiz uchun emas, balki bajargan ishlarimiz uchun turubmiz!!! Kimligini, nimaligini yoki qandayligini bilmaganimiz uchun qo’rqamiz xolos! Qisqasi eng qiyin vaziyatda ham oldinga qadam tashlay olishimiz kerak.

Va nihoyat, yaxshi inson bo’lish haqidagi bonglarni tugataylik, yaxshi inson bo’lish vaqti keldi!!!

Inkor ko’zi bilan qarasak dunyoga,

Yusufning yuzi ham ko’rinar xunuk.

Muhabbatla boqsang ko’zlari ko’rga,

G’o’zallik mulkidan ochilar tuynuk.

“O’zga”

O’zga yurt, O’zga havo,

O’zga xalq, O’zga navo.

O’zga dard, O’zga davo,

O’zimniki emasligi qiladi ado.

O’zga yuz, O’zga siymo,

O’zga yurak, O’zga shaydo.

O’zga ovoz, O’zga sado,

O’zimniki topilmay qoldi navo.

O’zga zo’r, O’zga gado,

O’zga temir, O’zga tillo.

O’zga boylik, O’zga vaqo,

Kuchli iroda birdayn a’lo.

“M…”

Muhtojlikdan yomoni yo’q,

Uni doim qorni to’q.

Majbur qilar qoldirishga,

Bir burchakda songgi o’q.

Bir narsani majburan,

Pesh qilish bo’lar odat.

Har doimdan uzoqroq,

Yuz o’girsa saodat.

Ruhan tushma hech qachon,

Uchrasada ko’p yomon.

Qay yo’lga tushganda ham,

Og’ma sen hech chap tomon.

Zor bo’lganda narsaga,

Burda non hatto suvga.

Hayot bitti demagil,

Intil sen ul cho’qqiga.

Balki bugun hozirdan,

Hayot senda yangidan.

Boshlanmoqqa shay zotan,

Tong yorishib zim tundan.

Har qadaming o’yla bos,

Qish bo’lsada qalbda yoz.

Saqla sen, dema hech yo’q,

Ishon kerakmas ul o’q!

Vatandan 20 000 km uzoqda.

Yanvar 2005 yil.(Turonzamin).

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in 1.BOSH SAHIFA, Uzbek. Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s