Dunyo va yoshlar

“Ko’zimga issiq ko’rindingiz”

Bugun yuz bergan kutilmagan va qiziq tasodif haqida yozmoqchiman.

Kembrijning “restoran” nomiga da’vogar “pub”laridan birida bir guruh do’stlar bilan o’tirgandim, yoshi mendan 5-6 yosh katta bir aka yonimga kelib, mulozamat bilan toza inglizchada qayerdanligimni so’radi. O’zbekistonlikman, degan javobimni eshitib, yuzlari bir lahza yorishib, tabassum qildi. Qo’limni mahkam siqib, “Assalomu alaykum, o’zim ham sizni o’zbek deb o’yladim, ko’zimga issiq ko’rindingiz,” dedi.

Bu yerlarga qisqa muddatli xizmat safariga kelgan ekan. Ikki og’iz gaplashdik, ko’pchilik kabi aka ham meni Farg’onalik deb o’ylabdi.

Juda yoqimli tasodif bo’ldi, lekin rostini aytsam, unchalik hayron qolganim yo’q. Chunki o’zimizning odamlarni chet elda yurganda ko’pincha osongina tanib olsa bo’ladi.

Yurish-turish, kiyinish tarzi, hatto imo-ishorani nazarda tutmayapman: bu yerning xalqiga o’xshab kiyingan bo’lsa ham, o’zbekni baribir ajratib olsa bo’ladi.

Menimcha bir oilaning vakillari bir-birida tushuntirib bo’lmas yaqinlik sezgani kabi, biz ham tushunarsiz iliqlik sezsak kerak bir-birimizni ko’rganimizda. Bo’lmasa bu o’lkada dunyoning ming burchagidan kelgan ming xil odam bor.

O’zbeklarga juda-juda o’xshab ketadigan chehralar bor, masalan meksikaliklar, yoki Janubiy Amerika hindulari avlodlari. Lekin ularni biroz kuzatsangiz, boshqacha ekanligini bildirib qo’yadi.

O’zbekni esa ozroq vaqt kuzatib bexato aniqlasa bo’ladi.

Bundan 5 yil oldin Manchesterdan Londonga borganimda, shahar avtobuslarida juda ko’p vatandoshlarni uchratardim. Birinchi qarashdanoq o’zbek, tojik, yoki boshqa Markaziy Osiyolik ekanini tahmin qilasiz.

Keyin sezdirmasdan kuzatishda davom etasiz va, bir necha daqiqadan keyin, xatto gapini ilg’amasdan ishonch bilan qayerlik ekanini o’zingiz uchun aniqlab olasiz. Men bu xulosaga kelgandan keyin yaqinroq borib, ularning bir-biriga gapirishini kutib turardim.

O’shanda biron marta ham adashmadim.

Bugungi uchrashuv ham bu nazariyamga yana bir isbot bo’ldi.

Sherzod.

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in 1.BOSH SAHIFA, Uzbek. Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s