Janubiy Turkiston ijodkorlari

Olim Ko'hkan

Olim Ko'hkan

OLIM KO’HKAN: Hayot-ko’zimdagi yosh...
Afg’on elda yashab, o’zbek tilidan tahsil olmay o’zbek tilining bulbuli bo’lib, ijod qilayotgan adiblaridan biri Olim Ko’hkandir. Adabiyot, she’riyat, madaniyat, jurnalistika borasida o’ziga xos chinor bo’lmish bu inson Afg’onistonda o’zbekning ilmu urfon bayrog’ini baland ko’targanlardandir. Quyida uning she’rlaridan namunalar o’qing.

SAMARQAND

Butun mahabbatim- dil to’la mehrim,
senga tortiq- sovg’a qildim Samarqand.
Uzoq utmishimning buyukligini,
senda ekan ko’rdim, bildim, Samarqand.

Sen mahabbat yurti-sevgi maskani,
so’ngi yo’q dostonsan “afsona shahrim”.
Qo’yningda necha kun bo’ldim, quvondim,
abadiy quvonchim jonon shahrim.

Yashil sayyoraning yorqin yulduzi,
go’zallik rashk etar senga guldiyor.
“Yer yuzi sayqali”- yer yuzi faxri,
sen kabi kelinchak shahar qayda bor?

Sen bilan boshlanar ta’rix deydilar,
sen qadimiy maskan – sen navqiron yurt.
Uzoq umr ko’rding hali ham san yosh,
ey iski koshona – dorulamon yurt !

Imom Albuxori qo’yningda yotgan,
Jahongir Temurning dorulqarori.
Samarqand ululg’lar manzil makoni,
Ulug’beg ulug’ning senda mazori.

2006 yilning kuzida Samarqand shahriga ziyorat payti yozilgan.

HAYOT

Hayot :
ko’zimdagi yosh,
qaysi bir kun kipriglarimdan,
zulol tomchi bo’lib’
to’kilar yerga!

Kobul
22 .1 2009

ORZULARIM

To’lqiningdan hayot qalqinar,
orzularim cheksiz ummonsan.
Dil mulkida fitnalar solgan,
bosh ko’targan turfa usyonsan.

Son sanoqsiz yuduzly ko’ksan,
borsa kelmas yo’lmusan go’yo?
Qopqorong’u zulmat bag’rida,
emasmusan bir tuynuk ziyo?

Osmonlarga uchasan tinmay,
orzularim simir qush bo’lib.
Xayolimdan o’tasan har on,
Misoly bir tungi tush bo’lib.

Boshga bormas uzoq yo’lsan –y
yetib bo’lmas manzil makonsan.
Shohlar uchun taxt y saltanat
gadolarga bir burda nonsan.

Orzularim qurimas buloq,
orzularim to’lqinli daryo.
Mingbir Yusuf ta’bir etolmas,
orzularim sehirly ro’yo.

Kobul.

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in 1.BOSH SAHIFA. Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s