Dunyo va yoshlar

Farhodjon Chinberdiyev: O‘zbek tiliga kirib kelayotgan so‘zlar

Xullas, g‘alati holat vujudga kelgan. Birinchidan, tilimizga kirib kelayotgan so‘zlar nazorat qilinmayapti (kirib kelayotgani esa aniq). Ikkinchidan, birinchi sababning natijasi sifatida, hamma xohlagancha foydalanib yotibdi so‘zlardan.

Oddiy holat: so‘zlarning turlanishi. “Feysbukka kirdingmi bugun”, deb oson aytiladigan gapni naqadar qiyin bo‘lgan usulda yozishimiz kerak: “Facebook’ga kirdingmi bugun” yoki “Facebook-ga kirdingmi bugun” va hokazo. Endi ingliz tilini bilmagan odam qanday o‘qishi kerak bu gapni?

Xo‘p, savdo belgilari, kompaniya nomlarini qo‘ya turaylik, hozirda ko‘p qo‘llanilayotgan “header”, “footer” kabi so‘zlarni qanday yozamiz? “hider”, “futer” (tarjimasi paydo bo‘lguncha)? Aytilishiga qarab yozish, menimcha, eng yaxshi variant. Haligacha “skript” so‘zini “script” kabi yozadiganlar bor.

Eng odamni ranjitadigan usullardan biri, probel bilan so‘z va kelishik qo‘shimchasini ajratish: “Drupal da mail ketmayapti” kabi. Bu holatda miya avtomatik ravishda ikkita so‘z deb interpretatsiya qiladi. Keyin qarasa, xato gap. Yana bir marta gapni “o‘tib” chiqqanidan keyin tushunadi, “Drupal da” ikkita so‘z emas, bittaligi.

Endi, so‘zlarni asl yozilishida qoldirish tarafdorlariga savolim: xitoycha/yaponcha/koreyscha/arabcha/hindcha/va hokazo yoziladigan so‘zlarni qanday yozasiz? Originalida? :)

Men xalq usuli haqida gapiryapman (forum, blog, ijtimoiy tarmoq va turli saytlarda foydalanish uchun). Rasmiy uslubda (OAV), albatta, kamida ko‘rsatib ketish kerak asl yozilishini.

Rus internetidan shunga o‘xshash maqolalar/yozuvlar (o‘zim kuzatib turadigan joylardan chiqqanlari):
• Korporativ ruscha
• Ayfon yoki iPhone
• Zamonaviy rus alifbosi loyihasi
• Va Ilya Birmandan ikkita: Mikrosoft va Pioner, Chet tilidagi atoqli otlar rus tilida.
P.S.: yana bir narsa: turli servislarni o‘zbek tiliga jamoa bo‘lib tarjima qilish eng bema’ni fikrlardan biri.
XXX
“Havola”ga roziman
Avvalgi mavzuda so‘zlarning faqat yozilishi haqida to‘xtalgan bo‘lsam, ushbu yozuvda munozarali so‘zlarning tarjimasi haqida to‘xtalaman biroz.

Juda ko‘p munozaralarda qaynoq so‘z sifatida ishtirok etadigani — “link” (ruschada “ссылка”) edi. Masalan, Behzod Saidov Yuforumda ochgan mavzu: “ссылка” ўзбекчада “боғ” бўлади. Men ko‘p marta ta’kidlaganman, “link” so‘zi “bog‘” sifatida tarjima qilinishi lozimligini. Qarshi chiqadiganlarning aksariyati, “bog‘” so‘zi daraxtlardan iborat bog‘ bilan “bandligini” argument sifatida keltirishardi (xuddi oldin bir xil yozilib boshqa-boshqa ma’no bildiradigan so‘zlarni (omonim) ko‘rishmagandek).

Afsuski, bugun “link”ni “havola” sifatida tarjimasiga rozi bo‘lishga majbur bo‘ldim. Ta’kidlayman: “bog‘” boshqa ma’no bilan band bo‘lgani uchun emas. Yetarli argument paydo bo‘lgani — “Axborot texnologiyasi operatsion tizimlari terminlarining inglizcha-ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati” kitobi. U yerda taxminan 2000 dan ortiq terminlarning tarjimalari va qisqacha izohlari keltirilgan. Kitob 2009-yil “Fan” nashriyotida chop etilgan. Izohli lug‘atni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) va Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi (YDTQQM)ning birgalikdagi loyihasi asosida amalga oshirilgan. Demak, shunchaki kimdir tomonidan “to‘g‘ri” hisoblangan fikr emas.

Bundan avval ham qanaqadir izohli lug‘atda (nomi yodimdan ko‘tarilibdi) bu tarjimaga ko‘zim tushgandi, lekin e’tibor bermagandim. Tarjimalarga ishi tushadiganlarga, maqola yozadiganlarga tavsiya qilaman.

Bir necha tarjimalar kitobdan:
• default — dastlabki, boshlang‘ich berilgan;
• access — foydalana olish/kira olish;
• inbox — kiruvchi;
• submenu — quyi menyu;
• shell — qobiq;
• source — manba;
• source code — dastlabki kod;
• keyboard layout — klaviatura tugmalarining joylashishi;
• exception — istisno;
• enable — yoqmoq;
• save — saqlash.

Advertisements

About TURONZAMIN

supporter of democracy
This entry was posted in 1.BOSH SAHIFA, Uzbek. Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s