Feruza Yusufjon qizi

Tushlarimga kirar Ona Vatanim

Javob

Vatan jonimizdan ziyoda aziz,
Ajdodlarning hoki muqaddas nodir.
Eh omi nahotki o’zingcha haqsan,
Yurtini o’zi tark etdimi Bobur.?

Netaylik bu vatan qismati shundog’
Garchi ular nomi bilan u boqiy
Ey nodon o’ylagin, bir lahza bundog’,
Yurtiga sig’dimi buyuk Buxoriy.

Bag’rida yayraydi besanoq xoin,
Bag’rida yayraydi besanoq illat.
O’ylagin nomussiz so’ylashdan avval,
Ayt yashay oldimi yurtida Fitrat.

Ko’kiga sig’dimi chaqnagan Cho’lpon,
Samoga cho’zdiki munofiq qo’lin.
Qodiriy taqdiri hanuz yig’latar,
O’zbek osmonida hanuz o’sha tun.

Ne jonlar yurt tongin kutib o’tdilar,
Jaholat to hanuz bulut ko’kida.
Axir bu birinchi, oxirgi hammas,
Yusufi sig’mayin qoldi yurtiga.

28.11

Tinch qo’ying uxlayin, tinch qo’ying meni
Uxlay uzoq uzoq shudir istagim.
Bas, zinhor ba zinhor uyg’ota ko’rmang
Tushlarimga kirar Ona Vatanim.

Men unda o’zimni bilgum baxtiyor
Uning bag’ri onam bag’riday aziz.
Ko’z yumsam men uni tushda ko’raman
Uxlasam uyg’otmang, uyg’otmang hargiz.

26.05.2011.

Netay yuragimni yerga beraymi?!

Yoki esayotgan yelga beraymi?!

U nuqul ko’ksimda qilayotir dod

Ortda qolgan yurtni aylayotir dod.

Olislarda qoldi go’zal Vatanim

Bolalik, yoshligu sevgimni olib.

Qalbim ham ortiga qaytmoq istaydi

Bu yerlarda netgum yop yolg’iz qolib.

Netay yuragimni yerga beraymi?

Yoki esayotgan yelga beraymi?!

26.05.11.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: