“Turonzamin” pochtasidan

Buzilayotgan yoshlar yoxud buzilayotgan yoshlar kimning farzandi?

Hozirgi kunda quloqqa tez-tez “yoshlar buzilib ketyapdi, eh bizni yoshligimiz” degan gaplar eshitilib turadi. Hafa bo’lishmasinu ana shunday gap aytayotgan KATTAlarga yoshlar safidan bo’lganim uchun beradigan savollarim bor edi, demak:

1- savol:
Yoshlar buzilib ketayotganini da’vo qilyapsiz, qani marhamat qilib aytingchi shu buzilib ketayotgan yosh kimning farzandi? Osmondan tushmagandir ahir ular? Uniyam aniqrog’i ularning ota-onasi siz kabi kattadir? Har qalay ota-onasi o’sha “buzilib ketgan” yosh bilan tengmasdir?

2-savol:
Yigitlar buzilib ketyapti deb iddao qilayotgan KATTALARGA beradigan savolim shuki, shu buzilgan yosh yigit kimning farzandi? Tug’ilganida o’g’il kordim deb ziyofatlarni ketini uzmasdan mashathorlik qilgan kim edi? Onagni……. deb so’kinib qo’y, yashavvor og’lim deb sokinishidan huzur topgan kim edi? Aroq, sigaretga pul berib bor magazindan olib kel degan kim? İlk marta sigaret chekkanida yoki aroq, pivo, vino ichganida ha endi og’il bola ichadida degan kim? Shu yerda avf etishsinu nima aroqni faqat erkaklar ichsa, anavi fohishalar ham aroq ichib erkakkka aylanib qolishyaptimi?

3-savol:
Yaqin do’stlari kim, yarim kechgacha qaerlarda sang’ib yuradi, telefonda soatlab kimlar bilan gaplashadi buni tekshirib turdizmi? Ha endi yigitchilik deb birov bilan zino qilsa indamagan, aksincha bazi otalar farzandlari oldida og’zidan shaloq so’zlar chiqarishadi, behayo filmlar bo’lsa bemalol ko’rishiga ruhsat berishadi, yoki yoshlar o’zidan-o’zi buzilgan go’shtday buzilishyabdimi?

Endi qizlar buzilib ketyabdi deb iddao qilayotgan kattalargayam beradigan savolim bor,

demak 1-savol:
Qizingiz bo’yi yetmasa ham uni oldida falonchiga beramiz, pistonchiga quda bo’lamiz deb murg’ak go’dakni hayolini buzgan kim?
Yigitlar telefon qilsa indamay yurgan kim? Ko’chaga chiqsa yarim yalang’och, bo’yangan, labiga allambalo narsalar surtgan oydek yuziga yana bir balolar chaplab chiqsa indamagan kim? Yoki ularniyam ota-onasi yo’qmi? Sal shaddodroq qiz bo’lsa buziqiga chiqarib nomini bulgaydigan ayollar, hattoki kap-katta erkaklar kelajak hali 10 gulidan bir guli ochilmasdan hazon bolishiga sababchi bolayotganlar ham yolgonmi?

2-savol;

3-4 som topgan kishi bolib qoshhotin olayotganlar savob talabman deyotganlar nega endi farzandlik beva tul qolganlarga emas oz farzandlari tengi qizlrga uylanishyabdi? Qizlarga turli tuman sovga slom berib yoldan urayotgan, nomusini bulgayotganlar, offislardagi sekretarlarni halol ishlashiga yol qoymaydigan yoshi katta rahbarlar yoqmi? Yoki ular yoshmi?

3-savol:
Sizlar aytganday “yoshlar buzilib ketgan bolsa” bu yoshlar kimni tarbiyasini olib buzilyabdi? Siz kattalarni tarbiyasini emasmi? Tarbiya berish degai edirish ichirish degani emas odob ahloq, vatanparvarlik, Allohdan qorqish degani emasmi? Yoshlarni buzilib ketayotganini iddao qilayotgan kattalar, biz yoshlar buzilib ketayotgan bolsak bu sizlarni bergan tarbiyalaringni natijasi, hafa bo’lmanglar gapim achchiq ammo haqiqat, aytishadiku nimani eksang shuni o2rasan deb, savollarim ogir va qopol botgan bolsa uzr soray olmayman sababi men asl haqiqatlarni so’radim beodobona emas, odob bilan so’radim,

Salomat bo’linglar “BUZİLMAGAN KATTALAR”…

HASANJON OZOD,
Tutkiya.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: