“Turonzamin” pochtasidan

Istanbul madaniyat markazimi?

Bu qadim shahar Yeveropa madaniyat markazi deb e’lon qilinishi, albatta Turkiya uchun katta yutuq, ammo chindan ham Istanbul madaniyat markazi bo’lishga munosibmi?

Agar YEVROPA MADANIYAT MARKAZI deb tan olinishini faqat yevropacha madaniyat deb tushunsak hozirgi Istanbul chindan ham “madaniyat markazi” bo’lishlikka loyiqroq.

Masalan bu yerda erkaklar, yoshlar (15-16 yoshlik o’spirinlarni nazarda tutyapman) sigaret chekishi u yoqda tursin, ayollar, hattoki, avf etsinlar, ro’mol o’ragan ba’zi hijoblik qiz-ayollar ham sigaret chekishar ekan, men Istanbulga ilk kelgan kunim va bularga guvoh bo’lganimda hayratdan qotib qoldim, to’g’ri O’zbekistonda ham qizlar ayollar sigaret chekishadi lekin asosan buzuqlar ko’proq chekadi.

Demak sigaret chekish madaniyat namunalaridan biri ekan shundaymi? Ko’cha kuyda yurganda ba’zi ayolar erkaklarni erkaklari esa ayollarni turtib so’kib o’tishadi bu ham madaniyat alomatimi? Metro, metrobus, avtobus, minibuslarga chiqqanida esa qariyalarga, homiladorlar va nogironlarga joy bering deb yozib qo’yishiga qaramasdan huddi tomosha qovoqqa qaraganday qari yoki homilador ayollar tik tursayam yoshlari jim indamay kulishib joy bermasdan o’tiraverishadi, demak bu ham bir “madaniyat”.

Turkiyada nima ko’p telekanallar ko’p, kanallarda esa nima ko’p seriallar ko’p, seriallarda esa behayo joylari bemalol korsatiladigan lavhalar sopn sanoqsiz. Evropada musulmon davlat vai slom diniga amal qiladaigan ham diniy ham dunyoviy davlat sifatida tanilgan turkiyada ayniqsa Istanbulda ahvol shunday ekan.

Aksaray degan mavzesi bor ekan Istanbulni, ammo Aksarayni nomini behayosaray deb o’zgartirsayam bo’ladi, O’zbekistondan, Turkmanistondan, Rossiyadan va boshqa joylardan kelgan fohishalar mavzesi ekan, otellarda fohishabozlik rovojlangan, bu ham bir madaniyat belgisi ekanda deb qoya qoldim.

Tarihda Istanbulda tosh idishlar bo’lar ekan ko’chalarda va o’sha idishga boylar pul solib ketarkan, muhtoj insonlar bolsa o’ziga kerakligini, 3-5qurush olarkanda qolganiga tegmay yo’lida davom etarkan ammo hozirgi istanbuldachi? Taksim, Eminonu, Aksaray degan joylarda sal etiborsizlik qilsangiz hamyoniz qanday yo’qolganini bilolmaysiz, bu ham evropaani madaniyat markazi deb e’lon qilingan istanbulda sodir bolayotgan haqiatlar.

Ko’p qavatli binolarda yashaydigan insonlar (ko’pincha ayollari) ahlat bo’ladimi, yoki gilam qoqish bo’ladimi dasturhon qoqadimi bemalol, derazadan, bolkondan tashqariga shundoina qoqib tashlayveradi, tagidagi qo’shninikiga chang tushishi yoki pastdagi yo’lakdan yo’lovchgi o’tishi ularni qiziqtirmaydi, bu ham evropa madaniyat markazi bolgan Istanbuldagi haqiqatlar.

Laleli, Aksaray, Beyazid degan tijorat markazlarida nima ko’p do’kon ko’p do’kkon sohiblari esa do’konga ishchi kerakligini faqat ayol bolishini yozib qoyishadi, shahsan guvoh bolganim 3ta ayol aniqrogi yoshlari 30ga ham etmagan juvonlar mehnat qilay halol peshona teri bilan oila boqay deb kelishdi, uy ishida ishlash ogir keldi shekilli do’konda ishlamoqchi bolishdi, rus, ingliz tilini bilishi dokon sohiblariga maqul keldi shekili ishga qabul qildi, avvaliga binoiday ishlashdi lekin 2-3hafta o’tar o’tmas dokondorlar qizlarni oshom emakka taklif qilishdi menga qoshni bolganligi uchun mendan sorashdi, men soat tungi 12 bolayotgan bolsa ishdan endigina kelidlaring nega nedi chaqiryapti dedim hullas borishmadi ertasiga uchalasiyam eglab keldi, nima bo’ldi desam dokon sohiblari ularni o’ynash bolishlikka taklif qilishibdi ana holossss, evropa madaniyat markazi bo’lgann istanbuldagi holat, demak bu ham veropacha madaniyatni bir turi ekan deb qoya qoldim, lekin haligi qizlar ularni taklifiga konmaganligi sabablik ishdan quvilishdi, hozirda maoshi unchalik kop bolmasada textilda ishlashyapti.

Yevropa madaniyat markazi hisoblangan istanbuldagi avtomobil haydovchilaridan ham judayam kop “madaniy” so’zlar va “madaniyat “o’rgansa bolarkan, ba’zilari qonun qoidani umuman bilmaydi bilsa ham amal qilmas ekan, ogzidan chiqqan gap so’zlargaku gap yo’q, haqiqiy “madaniy”so’zlar.

Kim bilsin balkim chindan ham evropada madaniyat shundaydir? Ammo Angliyada ham boldim Angliyani Oxford, Birmingem, Manchester, Chelmsford essex, Kolchester degan shaharlarida bo’ldim lekin, u yerda haydovchilarniyam, yo’lovchilarniyam madaniyati “yevropa madaniyati markazi”dangi emas umuman boshacha, ho’jayinman deb baqir chaqir qilmaydi, kulib yumshoq gap bilan ish tushuntiradi, til bilmasa kulmaydi aksincha yordam beradi.

Ayollar ham ba’zilari tor yolakka erkak kishi bilan qarshi qarshiga kelib qolsa erkak kishini o’tqazib yuboradi, haydovchilari bolsa katta yol chetida yolni u yuzidan bu yuziga otmoqchi bolib turganizi korsa to’htaydi, orqadagi mashinalar ham tohtab sizni bemalol o’tib ketishizga sharoit yaratib beradi ammo “evropa madaniyat markazi” istanbulda buni aksi… Menimcha men Osiyodan bo’lganligim uchun ham “yevropa madaniyati markazi”dagi “yevropacha” madaniyatlar menga g’alati tuyuldimikan-a?

Ozod Hasanov,

Turkiya.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: