Муҳожират шеърияти

Я Ш А С И Н   Ю Р Т Б О Ш И М И З !

Ўзбек бўлди анча хор
Чет элда қул, мардикор.
Тўй қилолмас бечора
Қорни оч, бир пулга зор.
Кўпаймас нон – ошимиз
Яшасин юртбошимиз!

Билмас қайга қочишни,
Кимга дардин айтишни,
Қайнатай деб бир қозон
Қай бисотин сотишни.
Тугармикан оҳимиз
Яшасин юртбошимиз!

Ўзгармас ҳеч ахволи
Тугаган моли – ҳоли,
Ваҳоланки ўзбекнинг
Айтишга кўп саволи.
Бефарқ ён – қардошимиз
Яшасин юртбошимиз!

Қачон бўлар тўкинлик,
Беш юз долларлик ойлик?
Халқ ризқига қўшарму
Терган пахтаси бойлик?
Ошармуш маошимиз
Яшасин юртбошимиз!

Тахтдан тушмас, еб тўймас
Сайлов қилишга бермас.
Кўп алдаб ҳеч уялмас,
Менимча у керакмас.
Ўгай қариндошимиз
Яшасин юртбошимиз!

М.Мансур.

2010 йил.

One Response

  1. Tarihingdir ming asrlar ichra pinhon o’zbegim
    Mustaqillikdan so’ngra, tarqab ketgan o’zbegim,
    So’ylasin, Rossiya-yu, so’ylasin qozoq halqi
    Qozoq va rus o’lkasida, sarson bo’lgan o’zbegim.

    Al-Beruniy, Al-horazm, Al Farob avlodisan
    Ming afsuski ilmdan sen uzoqdasan o’zbegim,
    Melisayu, soliqchilar zulmidan to’yding halqim
    chet ellarda sarson bo’lgan, o’zbegim jon o’zbegim.

    Tuzdiyu qonho’r zolim, halq ezishni rejasin
    Qonho’r zolim turmasida, azob chekding o’zbegim
    O’zbek halqin nolasiga jim turar butun jahon
    Rus va ingliz o’rtasida, bir go’sht bo’lding o’zbegim

    Yusuf Juma figoninga inson boqmas sen bir boq
    Mard Shovruq, qoni senda urdi tugyon o’zbegim
    Ortda qolar qachon aytgin, qachon bitar dard sitam?
    Ketar vahming, bitar zahming, tugar zulm o’zbegim?

    O’z yurtingda boshda do’ppi yurolmaysan gerdayib
    Oq do’ppini kiysang agar, qamalasan ayblanib
    Boshga ro’mol o’rasa gar ayollar ham ayblanar
    O’z diniga etiqodin qilolmagan o’zbegim

    Qayga borsa o’zbek halqi, qaro ishda ishlashar
    Qayda bo’lsa o’zbek halqi dardu-alam ko’rishar
    arang va zo’r maoshiga etishguncha ishlashar
    Ikki qo’ling mehnatdan, yorildiku o’zbegim

    Yurtda qo’lib o’zbek yigit, qi’zlaring chetga chiqar,
    Koreysu, nemis kabi dinsizla turmush qurar
    Evoh ota-hamda ona, bundan fahr tutishar
    O’glonlaring qizlar kabi boshqasiga uylanar.

    Gazni qazib chetga sotib tezak yoqqan o’zbegim
    Pahta terib, pahtaga zor, pul olmagan o’zbegim
    Yilda tonna-tonnalab oltin qazding tinmayin
    Ammo o’sha oltinlarni qaydaligin bilmagan jon o’zbegim.

    Behisob bug’doy eksang hamki, noning qimmat o’zbegim
    Ovaqtinga yog’ing yo’q, go’sht ko’rmaysan o’zbegim
    Elektr o’zingda ammo, chetga sotar yurtboshing
    Yoqmagan elektrga, pul to’lagan o’zbegim.

    Menga dollar bir jahonu, menga evro bir jahon
    Lek qadri yo’q o’zbek so’miga zor bo’lgan jon o’zbegim
    Savdo sotiq qilsang agar soliqchi tish qayratar
    Amaldoring ko’pchiligi poraho’rdir o’zbegim

    Seni darding aytib dildan ne uchun oh chekmayin?
    Seni holing ko’rib bugun, bag’rim qondir o’zbegim.
    Fermer bo’lgan nomi ulug suprang qurug’ o’zbegim
    Jahon ahliga bugun sen tomoshasan o’zbegim

    O’zbegim deb olamga men jar solsamda kimsa dardim tinglamas
    Bu balolar Allohdandir sabr etgin sen o’zbegim
    Ahloqingni tuzat endi, ahil bo’lgin inoq bo’l,
    it-mushukdek talashmasdan birlashgin sen o’zbegim.

    Fe’lga qarab yurtga hokim tayinlanar buni bil,
    Taqvodor bo’l, Allohdan qo’rq haq yo’lga qayt o’zbegim
    ig’vo tuhmat, qilma endi aroq ichma yolgondan qayt
    zino qilma, pora olma o’gri bo’lma o’zbegim.

    Bu so’zlarim senga halqim, vatandoshlik hurmati
    oldi qochdi kitobnimas, o’qi Alloh kalomin
    Taqvodor bo’l ilmli bo’l, ziyoli bo’l sen doim
    Dunyo ahli havas qilsin senga doim o’zbegim.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: