Tohir Jo’shqin

Jinnixonadagi yangi qaror

Ulamolardan biri aytgan ekan: “Qayerda nikoh qimmat bo’lsa, o’sha yerda zino arzon bo’ladi. Qayerda nikoh arzon bo’lsa, u yerda zino qimmat bo’ladi.”

OAVda ko’p ham e’lon qilinmagan, lekin allaqachon kuchga kirgan qaror juda antiqaligi bilan ajralib turadi.

Hikoh o’qitmoqchi bo’lgan ikki yosh nikoh o’qiydigan domlaga ZAGSda ularning nikohi qayd etilganligini tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatishlari shart. Yo’qsa nikoh o’qilmaydi.

Yaqinda Toshkent viloyatida bo’lib o’tgan bir voqea shohidlari o’zlarini bu qarorning qurbonlari deb hisoblashadi.

Birinchi turmushi yaxshi bo’lmasdan ajragan qiz va bir bo’ydoq yigit bir-birlarini yoqtirishgan va anchadan beri birga “yurishgan”. Ularning munosabatlari jiddiy ekanligidan xabardor bir tanishi zino bo’lmasligi uchun nikoh o’qittirib olishlarni tavsiya qilgan.

Ularni birinchi qabul qilgan domla yangi qarordan ogoh qilgan va va nikoh o’qishini rad etgan.

Ularning ikkinchi qoqqan eshigidan ham rad javobi bo’ladi.

Ularning orasiga tanishi tushadi va bir domlani nikoh o’qitishga ko’ndiradi.

Ammo domla nikohni sal ko’zdan nari joyda, ya’ni o’z uyida o’qishini aytadi. Hamma xursand, ular domlaning uyiga borishadi. Domla nikoh o’qishdan avval ulardan xizmati uchun 100.000 so’m soraydi. Insofdan ancha uzoqlikda turib so’ralgan bu summadan nikoh o’qitmoqchi bo’lganlar jazavaga tushib, qo’l siltab ketishadi.

Bu qaror xuddi talabaga baho qo’yayotgan domla og’ziga siqqanini so’raganidek, boshqa “domla”larning ham “stavka”larini ko’tarib yubordi.

Bunday noyob qarorlarning O’zbekistonda chiqishi ajablanarli hol ham emas. Nima qipti, agar Napoleon boshqa palataga o’tsa, uning o’rniga o’sha palatada albatta Chapaev paydo bo’ladi.

3 Responses

  1. Bir-birlarini yoqtirishgan bo’lishsa shuncha g’avgoga balo bormi? ZAGSdan o’tib qo’ya qolishmaydimi?Ham qonunga boysungan bo’lishadi, ham tinchlik. Poraxo’r mulla oqigan nikoh bilan poraxo’r ZAGS mudirasining qarori bir xil kuchga ega.

  2. Muxlis tog’ri yozibsiz.Menimcha ham ZAGSdan o’tgan yaxshi. Muttahamga o’xshab yurguncha ZAGSdan otib, elga osh berib, ochiq yashagan yaxshi.Men ZAGS talabi tog’ri deb hisoblayman.Qachon shariat davlati bo’lsa oshanda mullaning nikohi birinchi bo’ladi. Hozir esa bor qonunga boysunmoq kerak.

  3. Bu qaror buzuqliklarni oldini olish uchun qilingan. Hozirgacha puli borlar dommulalalarga pora berib bir nechtadan xotinni nikohlab ishrat qilib yurgandi. Bunga endi chek quyilmoqda.Men hukumatimizning bir qancha qarorlarini qo’llamasam ham bunisini to’g’ri deb hisoblayman.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: